Buxoro ko‘chalarida karantinda koronavirusga qarshi kurashishda e’tibor berish lozim bo‘lgan qoidalarni eslatuvchi afishalar paydo bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda “Sintez” kreativ laboratoriyasi faollari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, bannerlar birinchilardan bo‘lib Buxoroning jamoat joylari va katta ko‘chalarida ilingan.
“Karantin davrida kerakli choralar qonun normalari bilan mustahkamlandi. Biroq, bu etarli emas. Vaholanki, faqatgina jazolash bilan maqsadga erishilmaydi. Ushbu bannerlar esa aholi ongiga ta’sir qilib, ularda karantinga rioya ko‘nikmasini yanada oshiradi”, — deydi Suhrob Nurov.
Bannerlar Buxoroning barcha reklama taxtalarida, LED ekranlarida namoyish etilmoqda.
Mavzuga doir:
- Moskvadan olib kelingan 249 nafar buxorolikning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va holsizlik kuzatildi
- Buxoroda karantin sabab yurtiga qaytolmagan xorijlik talabalar uchun onlayn darslar boshlandi
- Moskvadan charter reys orqali Buxoroga kelgan yo‘lovchilarning 4 nafari yuqori tana harorati bilan kasalxonaga yotqizildi
- Foto: Buxoroning karantin tufayli huvillab qolgan diqqatga sazovor maskanlari
- Jakartadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan o‘zbekistonliklar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida karantinga olindi
Izoh (0)