“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:18, 24.03.2020 57586

Foto: Buxoroning karantin tufayli huvillab qolgan diqqatga sazovor maskanlari

Buxoro shahridagi yilning to‘rt faslida sayyohlar bilan gavjum bo‘ladigan diqqatga sazovor maskanlar koronavirus karantini tufayli huvillab qoldi. “Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev shaharning kimsasiz ko‘chalari aks etgan suratlari bilan bo‘lishdi.

“Ona shahrim Buxoro hali hech qachon bunday huvillab qolmagan edi. Muqaddas joylar quvvatini his etdim, shu yerda konsert bersam, qanday zo‘r bolar edi, deb o‘ylab qoldim”, — deb yozadi Anvar Jo‘rayev.

Xonandaning suratlarida bo‘m-bo‘sh Ark, Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Labi Hovuz, shahardagi istirohat bog‘ini ko‘rish mumkin.

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Foto: Instagram/@anvar_sahar

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi. Ulardan besh nafari mazkur kasallikdan deyarli tuzaldi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ