Turinning “Yuventus” klubi yozgi transferlar vaqtida jamoaga yangi hujumchi olib kelish niyatida, deb yozmoqda Calciomercato.
Qayd etilishicha, turinliklar “Manchester Siti”ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezusni nishonga olgan. “Yuventus” rahbariyati Jezusga Gonsalo Iguainning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.
Gabi joriy mavsum “Siti” safida APLning 24 ta o‘yinida qatnashib, 10 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli hujumchining transferi 70 million yevroga baholanmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)