Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini 25-iyulda o‘tkazadi, deya xabar bermoqda RingPolska.
Joshuaga ushbu jangda bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1, 14 KO) raqiblik qiladi. Joshua ushbu to‘qnashuvda IBF kamarini himoya qiladi. Pulev ayni damda mazkur yo‘nalishda Joshuaga qarshi ringga chiqish uchun birinchi raqamli da’vogar hisoblanadi.
Qayd etish joiz, ushbu jang aslida 20-iyun kuni Londondagi “Tottenhem” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirus sabab jang muddati o‘zgartirildi.
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi jang uchun “Tottenhem” stadionini 25-iyul sanasiga band qilib qo‘ygani aytilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)