Agar AQSH rahbari Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyda bo‘lgan paytda u yerga tashrif buyurishga qaror qilsa, ularning uchrashuvini istisno etib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bu uchrashuvga hech qanday aniq tayyorgarlik ko‘rilmayapti, chunki hozircha kelishilgan aloqalar yo‘q”, dedi Kreml vakili.
Peskov Putinning sentyabr boshida Pekinga tashrif buyurish rejalarini tasdiqlagan.
“Agar AQSH prezidenti ham xuddi shu kunlarda Xitoyga tashrif buyurishga qaror qilsa, albatta, davlat rahbarlari bir shaharda bo‘lgan taqdirda, bunday uchrashuvni nazariy jihatdan istisno qilib bo‘lmaydi”, dedi Peskov.
Uning fikricha, Rossiya va AQSH rahbarlarining uchrashuvi “faqat ekspertlar darajasida tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘nggina” bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Bizningcha, avval ekspertlar darajasida ish olib borish kerak, chunki bu murakkab va xomaki ishni prezidentlarga qoldirish mutlaqo mantiqsiz. Avval tayyorgarlik ko‘rish, tartibga solish parametrlarini (Ukraina bo‘yicha) ishlab chiqish, keyin esa ularni oliy darajada tasdiqlash kerak, boshqacha bo‘lishi mumkin emas”, dedi u.
Bundan avval The Times nashri manbalarga asoslanib AQSH prezidenti Donald Tramp, Rossiya rahbari Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin sentyabr boshida Xitoyda uchrashuv o‘tkazishlari mumkinligi haqida xabar bergandi.
Izoh (0)