“Chelsi” matbuot xizmati avvalroq koronavirusga yo‘liqqan hujumkor yarim himoyachi Kallum Hadson-Odoining holati haqida ma’lumot berdi.
“Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, Kallum Hadson-Odoi o‘zini yaxshi his qilmoqda, karantindan keyin uning holati yaxshi.
Qo‘shimchasiga yosh vinger “Chelsi”ning qolgan futbolchilari kabi formani tiklash uchun uyida mashg‘ulotlarga zo‘r bergan”, — deyiladi klub xabarida.
13-mart kuni 19 yoshli futbolchi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik futbolchi kasallikni yengib o‘tganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)