Italiyalik shifokor Fabiano di Marko Italiyada koronavirus pandemiyasining keng yoyilishiga sabab qilib futbol uchrashuvini ko‘rsatdi.
“19-fevral kuni Bergamoning 40 ming aholisi “San-Siro” stadionida kechgan “Atalanta”—“Valensiya” uchrashuvini tomosha qilish uchun Milanga yo‘l oldi. Ular avtobus, mashina, poyezdda yo‘lga chiqdi va bu afsuski, haqiqiy biologik bombaga aylandi”, — deydi di Marko.
Italiyada ko‘pchilik shifokor va mutaxassislar Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan mazkur o‘yin Italiyada, xususan Lombardiya hududida koronavirusning keng yoyilishiga sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Italiya favqulodda holatlarni o‘rganish va bartaraf qilish deportamenti — Protezione Civile ham mamlakatdagi ayanchli vaziyatga mazkur uchrashuvni sababchi qilib ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” 19-fevral kungi “Valensiya”ga qarshi bahsni (4:1) Bergamoda emas, Milanda o‘tkazgandi. Keyinchalik har ikki klubda ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)