“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala koronavirusga chalindi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.

Foto: Twitter

“Barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, biz Oriana (futbolchining sevgan qizi) bilan koronavirusga tahlil topshirdik va u ijobiy natijani ko‘rsatdi.

Shukrki, o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur”, — deya yozadi Dibala o‘z Instagram’ida.

View this post on Instagram

Hola a todos, quería comunicarles que acabamos de recibir los resultados del test del Covid-19 y tanto @orianasabatini como yo dimos positivo. Por fortuna nos encontramos en perfecto estado. Gracias por sus mensajes y un saludo a todos 💪🏼💪🏼💪🏼 Ciao a tutti, volevo informarvi che abbiamo appena ricevuto i risultati del test Covid-19 e sia io che Oriana siamo risultati positivi. Fortunatamente siamo in perfette condizioni. Grazie per i vostri messaggi. Un saluto a tutti! 💪🏼💪🏼💪🏼 Hi everyone, I just wanted to inform you that we have received the results for the Covid-19 test and both Oriana and I have tested positive. Luckily we are in perfect conditions. Thanks for your messages. 💪🏼💪🏼💪🏼

A post shared by Paulo Dybala (@paulodybala) on

Shu tariqa Dibala koronvirus yuqtirib olgan uchinchi “Yuventus” futbolchisiga aylandi. Avvalroq bu holat himoyachi Daniele Rugani va yarim himoyachi Blez Matyuidida kuzatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Venesuelaning El Nacional nashri Dibalada koronavirus aniqlangani xaqida xabar bergan, biroq u futbolchining o‘zi tomonidan rad etilgandi.