UEFA tashkiloti may oyida o‘tishi mo‘ljallangan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallari qoldirilganini ma’lum qildi.
Koronavirus sabab yuzaga kelgan vaziyat tufayli shu qarorga kelingan. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali ham qoldirilgan.
Finallarning yangi vaqti ma’lum qilinmagan. Maxsus tashkil etilgan ishchi guruh mavjud variantlarni ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinlar 1/8 final bosqichining javob bahslari paytida to‘xtatilgandi.
COVID-19 virus tarqalishi sabab Yevropada deyarli barcha chempionatlar to‘xtatilgan. Shuningdek, Yevro—2020 musobaqasi ham 2021-yilga qoldirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)