France Football nashri futbolchi va murabbiylarning 2018/19-yilgi mavsumdagi daromadlarini hisoblab chiqdi.
Ro‘yxatni tuzish vaqtida o‘yinchilarning maoshi, imij huquqidan olinadigan daromad va mavsum uchun to‘langan bonus pullari inobatga olindi.
Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi jahonning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi deb topildi. Argentinalik futbolchining o‘tgan mavsumdagi daromadi 131 million yevroni tashkil etgan.
Ikkinchi pog‘onadan yillik 118 million yevro daromad bilan “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu o‘rin olgan bo‘lsa, PSJ hujumchisi Neymar (95 million yevro) kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “Atletiko” ustozi Diyego Simeone eng ko‘p daromad topgan murabbiy sifati e’tirof etildi. Argentinalik mutaxassis 2018/19-yilgi mavsumda 40,5 million yevro daromad qilgan. Keyingi o‘rinlarni “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte (30 million yevro) va “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola (27) egallagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)