• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi

    17-mart, seshanba kuni, Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 62 785 dona, umumiy qiymati 123,8 million so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob savdoga qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Xabar berilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro Azimjon Abdullayev (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) Qorasuv-2 mavzesidagi Doniyor berk ko‘chasida hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan tibbiy niqoblarni savdoga qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida mazkur fuqarodan umumiy qiymati 93,24 million so‘m bo‘lgan jami 48 960 dona bir martalik tibbiy niqob vaqtincha olib qo‘yilgan.

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Mirobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida hududdagi “Mirobod dehqon bozori”ga tutash vaqtincha avtomashinalar to‘xtash joyida poytaxtning Yakkasaroy tumani Sarabo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Farhod Javohirov (ism va familiyasi o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 7000 dona, umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Nazorat tadbirlari poytaxtning Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi. Hududdagi aholi gavjum joylarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida uch nafar fuqaro tomonidan jami 4850 dona, umumiy qiymati 14,3 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Ayni kunlarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari ham olib borilmoqda.

    Jumladan, Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasining “Ishonch telefoni”ga hududdagi “Sergeli dehqon bozori” yonida joylashgan dorixonada narxlar asossiz ravishda oshirilgani, tibbiyotda ishlatiladigan spirt odatdagidan qimmat sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

    Mazkur holatlar yuzasidan tuman davlat soliq xizmati xodimlari joyiga chiqqan holda sotuvchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, bu kabi holatlar takroran sodir etilgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida batafsil tushuntirish bergan.

    Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni mamlakatda koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida osoyishtalik bilan to‘g‘ri yo‘l tutishga chaqirmoqda. Mazkur vaziyatni imkoniyat deb bilib, o‘z nafsini ustun qo‘yadigan, ushbu jarayonlarda o‘z yurtdoshlarining hamyonini “o‘marishga” urinayotgan soxta “tadbirkor”larning har qanday qing‘ir ishi albatta fosh bo‘lishi ta’kidlangan.

    Qayd etilishicha, sanitariya talablariga javob bermaydigan bunday vositalar hech qanday himoya chorasiga ega bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli tibbiy vositalarni xarid qilishda sifat sertifikatiga e’tibor qaratish lozim, deyiladi boshqarma xabarida.

    Agar fuqarolar zarur bo‘lgan mahsulotlar narxining asossiz ko‘tarilganiga guvoh bo‘lsa, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining +99871 2445486 raqamli “ishonch telefoni” ga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

    Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita viloyatga qatnovchi taksichilardan talabalarning uyga qaytayotganidan foydalanib, narxlarni ko‘tarmaslikni so‘radi. O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani ma’lum bo‘ldi hamda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirayotgani aytildi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirdi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda tibbiy niqoblar qimmatlashganining sababi tushuntirildi hamda mamlakatda bir kunda ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblar soni ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa, virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

    Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarni tashkil etmoqda.

    18.03.2020, 19:09   Izoh (0)   33765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi

    18.03.2020, 18:54

    Video: Ekspert koronavirusning yashirin davri va uni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi

    18.03.2020, 17:53

    Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi

    18.03.2020, 17:36

    Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga “qamab qo‘ydi”

    18.03.2020, 17:07

    Video: Ekspert xorijlik olimlarning koronavirus haqidagi tavsiyalari ba’zida O‘zbekiston sharoitiga mos kelmasligini tushuntirdi

    18.03.2020, 16:53

    Tibbiyot fanlari doktori koronavirusning banan, sut yoki go‘sht mahsulotlaridan yuqmasligini tushuntirib berdi (video)

    18.03.2020, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.