• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Amerikalik aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi. Bu haqda aktyorning o‘zi Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

    Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson.

    Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson.
    Foto: Associated Press

    “Hammasini to‘g‘ri qilish uchun — hozir shunday qilish shart — biz koronavirusga tahlil topshirdik”, — deb yozgan Xenks. Uning so‘zlariga ko‘ra, tahlil natijalari ularda koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.

    Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 114 ta yangi holat qayd etildi. Mart oyidan buyon kasallanganlarning umumiy soni 7869 kishiga, qurbonlar soni esa 66 kishiga yetdi.

    Armanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta yangi holat qayd etildi. “Afsuski, bugun mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha uchta yangi holat kuzatildi. Ikki nafar (ularning yoshi mos ravishda 45 va 27 da) Armaniston fuqarosi hamda mamlakatda ishlovchi Italiya fuqarosida (51 yosh) kasallik borligi aniqlangan. Uchala odamning ham yaqinda Italiyadan kelgani ma’lum bo‘ldi”, — deb yozgan Armaniston bosh vaziri Facebook’dagi sahifasida.

    Foto: “TASS”

    Xitoy hududida koronavirusni yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Epidemiya mamlakatning 3169 fuqarosini hayotdan olib ketgan. So‘nggi kunlarda butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 15 ta yangi holat aniqlangan. Ulardan oltitasida koronavirus Xitoy tashqarisida yuqtirilgan, yana sakkizta holat esa Xubeyda qayd etilgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart, chorshanba kuni, mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Koronavirus haqida xalqimiz bilishi kerak. Butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq davlatda alomatlari aniqlandi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Mana, Yevropada juda kuchayib ketyapti. Shuning uchun koronavirusga qarshi e’tiborni ikki karra ko‘paytirmasak, ogoh bo‘lmasak, bu xavf-xatar iqtisodiyotniyam, siyosatniyam joy-joyiga qo‘yadigan vaqt kelgan.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Yig‘ilishda davlat rahbari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bir qator topshiriqlar bergan.

    O‘zbekiston Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi test tizimlarini oldi. Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishi munosabati bilan Rospotrebnadzor epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va yordamga muhtoj davlatlarga ko‘mak berish maqsadida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo mamlakatlar, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Xitoy va Eronga test tizimlarini bepul yuborgan.

    Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi.

    Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppens “O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelish ehtimoli yuqori ekanini qayd etdi. Kuppensning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistondagi aholi vakillarida koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmagan. “Virus yuqumli bo‘lgani va 6 ta qit’ani zararlagani sababli uning yaqin orada O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori”, — deya ta’kidlagan JSST vakili.

    Rossiyaning Yahudiy avtonom viloyatida bahorgi dala ishlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan xitoylik ishchilar o‘rnini koronavirus sababli o‘zbekistonlik ishchilar egallaydi. Qayd etilishicha, viloyat rasmiylari koronavirus sababli bahorgi dala ishlariga kela olmaydigan 1,3 ming nafar xitoylik ishchi o‘rniga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

    Jahondagi vaziyat

    Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar koronavirus tufayli bekor qilinadi. “JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hukumat maxsus profilaktika choralarini amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lmaydi. Kichik va o‘rta biznes zarar ko‘rishining oldini olish muhim”, — deb yozadi To‘qayev Twitter’da.

    Shuningdek, koronavirus xavfi tufayli Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari muddatidan avval ta’tilga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Erali Tugjanov ma’lum qilgan.

    Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha qaror imzoladi.

    Foto: Reuters

    Turkiya hukumati turoperatorlarga 2019-nCoV koronavirusi tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qildi. Mamlakat turizm va madaniyat vazirligi mehmonxona va sayyohlik firmalariga mavsumni mart oyidan emas, aprel oyi oxiridan boshlashni taklif qildi.

    Eron hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasiga (XVJ) koronavirus epidemiyasi tufayli 5 milliard dollar berishni so‘rab, murojaat qildi.

    AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Taqiq Buyuk Britaniya uchun istisno qilinadi. “Yangi tartib-qoidalar 13-mart kuni yarim tundan kuchga kiradi”, — deydi Tramp.

    Foto: AP Photo

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus bilan bog‘liq vaziyat pandemiya darajasiga chiqqanini ma’lum qildi. So‘nggi ikki hafta davomida Xitoydan tashqarida koronavirus bilan zararlanish holatlari soni 13 martaga oshdi, kasallik qayd etilgan mamlakatlar soni esa uch baravar ko‘paydi.

    Ma’lumot uchun, pandemiya epidemik kasallikning bir yoki bir necha mamlakat, qit’a yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi hisoblanadi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yo‘li bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos.

    Avvalroq JSST koronavirusning dunyo miqyosida tarqalishda davom etib, pandemiyaga aylanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

    Ko‘rishni qat’iy tavsiya qilamiz: Koronavirus bo‘yicha majlis o‘tkazgan Mirziyoyev, 10 ming kishini boshpanasiz qoldirgan yong‘in, Fukusima fojiasining 9 yilligi. 11-mart suratlari

    Angela Merkel Germaniyaning 70 foiz aholisi koronavirus yuqtirib olishi mumkinligini ma’lum qildi. “Virus Yevropada, u mavjud va biz buni anglab yetishimiz kerak”, — deb ta’kidlagan Germaniya kansleri koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

    Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniele Rugani koronavirus bilan og‘rigani aniqlandi. 25 yoshli Rugani koronavirus bo‘yicha test topshirgan va test natijalari ijobiy natija taqdim etgan.

    Shunigdek, koronavirus sabab “Inter” hamda “Roma”ning Yevropa Ligasidagi o‘yinlari qoldirildi. Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni, o‘tkazilishi kerak edi.

    Italiyada koronavirus sabab do‘konlar, bar va restoranlar yopiladi. Sotuvda faqat oziq-ovqat va dori-darmon qoladi. “Boshqarish — 360 darajada atrofni ko‘ra bilish degani. Ushbu chaqiruv fuqarolarimiz sog‘lig‘iga bog‘liq ekanligini yaxshi bilamiz. Bu chaqiruv sog‘liqni saqlash tizimimiz uchun qattiq sinov bo‘lmoqda”, — deydi bosh vazir o‘z murojaatida.

    La Liga o‘yinlari ikki haftaga to‘xtatildi. Bunga “Real” klubi karantinga olingani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Madridliklar klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, “Real” basketbol jamoasining a’zosi COVID-19 virusini yuqtirib olgan. Shu sababli “Real”ning basketbol va futbol jamoalari karantinga olingan.

    Umuman olganda, koronavirus sabab dunyo bo‘ylab sport musobaqalari bekor qilinmoqda. Quyida shu kunga qadar bekor qilingan xalqaro sport musobaqalari, shuningdek, koronavirusning umuman sport sohasiga ta’siri haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etiladi.

    Moskva meriyasi koronavirus sabab kuzatuvga olingan odamlar soni haqida ma’lumot berdi. “Ular nafaqat yaqin do‘st va qarindoshlar, samolyot reyslarining yo‘lovchilari, shuningdek, taksi haydovchilari, kuryerlar va boshqa kasb vakillari”, — deya vaziyatga izoh bergan Moskva shahri meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova.

    Foto: Xinhua

    Kuvayt hukumati yangi turdagi koronavirusning tarqalish xavfi munosabati bilan vazirlik va davlat tashkilotlari faoliyatini 12—26-mart oralig‘ida to‘xtatib turishga qaror qildi. Hukumat bayonotidan so‘ng mamlakat banklar assotsiatsiyasi ham ko‘rsatilgan muddatda banklar ham ishlamasligini ma’lum qildi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    12.03.2020, 20:38   Izoh (0)   98007
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

    12.03.2020, 20:22

    Davlat soliq qo‘mitasi mashinalar narxi oshishiga QQS ta’sir qilganini inkor qildi

    12.03.2020, 19:53

    Qashqadaryoda qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi

    12.03.2020, 19:21

    Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgani ma’lum bo‘ldi

    12.03.2020, 19:07

    O‘zbekistonda 13-mart kuni 23 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    12.03.2020, 18:52

    Turkiya fuqarosiga yo‘lto‘sarlik qilgan va uni sababsiz urgan buxorolik cho‘ponlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12.03.2020, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

    Dunyo | 11 may, 12:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05

    Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

    Dunyo | 11 may, 11:41

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 11:28

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.