Buxorolik mast cho‘ponlar Turkiya fuqarosining avtomobiliga tosh otib, uni do‘pposlagan. Bu haqda “Daryo”ga Jondor tumani IIB katta tergovchisi, mayor Hayot Qahhorov xabar berdi.
Hayot Qahhorovning ma’lumot berishicha, Turkiya Respublikasidagi Nedim Lojistik MChJ haydovchisi Demir Musa boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli avtomashina xalqaro M-37 avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand—Turkmaniston yo‘nalishida harakatlanib borayotganida Jondor tumani “Qozikenti” mahallasida yashovchi 32 yoshli cho‘pon G.H. avtomashinaning old oynasiga tosh otgan.
Demir Musa mashinasini yo‘lning o‘ng tomoniga to‘xtatgach, mast cho‘pon 31 yoshli sherigi J.R. bilan haydovchini urib, do‘pposlagan.
Holat yuzasidan zo‘ravon cho‘ponlarga Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi “b” va “d” bandlari (Bir guruh shaxslar bo‘lib, yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarga nisbatan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)