Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan markaziy bellashuvda “Navbahor” jamoasi Namanganda “Lokomotiv”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvni kuzatib borish uchun Namangandagi “Markaziy” stadioniga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurgan. Muxlislar uchrashuvdan so‘ng Toshkent klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabani islandiyalik muxlislar kabi nishonladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro—2016 musobaqasi vaqtida Islandiya terma jamoasi a’zolari uchrashuvdan so‘ng muxlislari bilan g‘alabani o‘ziga xos tarzda nishonlab, buni an’anaga aylantirib yuborgandi. Hozirda ko‘plab muxlislar o‘z suyukli jamoalarini shu tarzda qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ma’lumot uchun, “Navbahor” Superliganing 1-turini Toshkentning boshqa klubi “Paxtakor”ga qarshi safarda o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)