Qirg‘izistonda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi.
Qirg‘iziston hukumati qoshidagi yoshlar masalari, jismoniy tarbiya va sport agentligi koronavirus bilan zararlanishning oldini olish maqsadida shu qarorni chiqargan.
Unga ko‘ra mamlakatda yoshlar va kattalar o‘rtasidagi barcha sport tadbirlari vaqtincha to‘xtatiladi. Musobaqalarning o‘tkazilish vaqti keyinchalik ko‘rib chiqiladi.
Jahon bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 ming kishiga yaqinlashdi, vafot etganlar esa 3 mingdan oshdi.
Izoh (0)