6-mart, juma kuni, Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa doirasida navbatdagi janglar o‘tkazildi.
-91 kilogramm vazn toifasida Sanjar Tursunov musobaqadagi ilk jangini iroqlik Muhammad Tariq Rabiahga qarshi o‘tkazdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Tursunov chorak finalga yo‘l oldi.
Avvalroq -69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Boturovning keyingi bosqichga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)