UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Angliya futbol federatsiyasiga Fransiyaning yo‘lidan borib Liga Kubogi musobaqasini bekor qilishni taklif qildi.
“Liga Kubogi Fransiyada o‘tkazilmaydi. Endi faqat Angliya qoldi. Fikrimcha, ushbu musobaqadan voz kechish hamma uchun yaxshi bo‘ladi, buni barcha tushunib turibdi.
Muammo shundaki, ushbu musobaqa evaziga siz ko‘plab nochor klublarga moliyaviy ko‘mak berasiz. Bunu tushunaman. Bundan tashqari, inglizlar qadryatlarni e’zozlaydi. Sizlarga butun umr dolzarbligini yo‘qotmaydigan narsalar yoqadi”, — deydi Cheferin.
Angliya Liga Kubogi har mavsum o‘takaziladi. Ushbu musobaqada “Manchester Siti” jamoasi qatorasiga uch mavsumdan buyon chempionlikni qo‘lga kiritmoqda
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)