Rossiya qurolli kuchlari tunda Ukrainaning Xarkov viloyatidagi temiryo‘l vokzaliga hujum qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

Viloyatdagi 50 ming kishilik Lozovaya shahri hujumga uchragan. Oqibatda muhim infratuzilma, ko‘p qavatli uylar va vokzalga zarar yetgan. Shahar qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Hujum tufayli bir kishi halok bo‘lgani, 10 kishi jarohatlangani aytilmoqda. Ular orasida bolalar ham bor.
Lozovaya urush boshlanganidan beri eng yirik hujumni boshdan kechirdi. Qutqaruvchilar, shifokorlar, favqulodda yordam ishlamoqda. Ruslar 25 dan ortiq Shahed dronlari bilan fuqarolik infratuzilmasiga zarba berdi, degan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Rossiya harbiylari 5-avgustga o‘tar kechasi Ukrainaga 46 ta dron va “Iskander-M” ballistik raketasi bilan zarba berdi. Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 8:00 gacha 29 ta dron urib tushirilgan.
Izoh (0)