• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Namangandagi har o‘yin hakami uchun 150 mln so‘m “pora”, boshliqlar yutadigan kuboklar. Aziz Haydarov keskin bayonotlar berdi, so‘ng gaplarini izohladi

    27-fevral, payshanba kuni, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida “Paxtakor” o‘z uyida “Navbahor”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    Uchrashuvda Namangan klubi a’zosi Islom Isoqjonov ikki marta sariq kartochkaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi. Bu orada “Navbahor” 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Shundan so‘ng “Paxtakor” 2 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Qayd etish joiz, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda “sherlar” yetakchisi Yegor Krimets ham o‘yindan chetlatildi. O‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi.

    Bellashuv hakamligidan norozi bo‘lgan “Navbahor” klubining bir qator muxlislari o‘yin yakuniga yetgach O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosiga boradi. U yerda muxlislarga O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov duch keladi. Muxlislar Haydarovga hakamlik borasida norozilik bildirish bilan birga o‘rtadagi suhbatni yozib oladi.

    Muxlislar va Haydarov o‘rtasidagi suhbatda O‘FA mulozimi “Navbahor” klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishlagan vaqtda uy o‘yinlarida hakamlarga har bir bahs uchun 150 million so‘mdan berilganini ta’kidlagan. Bu pul esa “bolalar”dan yig‘ilganini ma’lum qilgan. Shu boisdan Mo‘minjonov va futbolchilar o‘rtasida nizo yuzaga chiqqani keltirilgan.

    Haydarov suhbat davomida “O‘zbekistonda 3 marta kubok yutgan bo‘lsa ham biror marta uni men yutganman demayman, balki uni mening boshliqlarim yutgan. Men hech narsa yutmaganman” degan jumlalarni ham keltirgan.

    Ma’lumot uchun, Haydarov futbolchilik vaqtida “Bunyodkor” bilan 3 marta (2008, 2009, 2010) O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Ikki marta mamlakat kubogini (2008, 2010) qo‘lga kiritgan.

    Aziz Haydarovning tarqalgan audioyozuvlarga munosabati

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Oradan bir hafta o‘tib 5-mart, payshanba kuni, O‘FA terma jamoalar bo‘lim boshlig‘i Aziz Haydarov “Qalampir” nashriga quyidagicha izoh berib, aslida Mo‘minjonov hakamlarga qancha berganini bilmasligni, murabbiy “Navbahor”da ishlagan vaqti u BAAning “Ash-Shabob” klubida to‘p surganligini ta’kidlagan.

    “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, bir guruh namanganlik muxlislar to‘planib turishganini ko‘rdim. Ularni oldiga bordim va tinchlanib, tarqalishlarini so‘radim. Ular men bilan muloqot qilishga kirishdi. Xabaringiz bor, o‘sha yerda bo‘lgan muxlis o‘zaro suhbatni yozib olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan. Audioyozuv 3 daqiqadan iboratligini yaxshi bilasiz. Lekin men u yerda 3 daqiqa emas, balki 20 daqiqadan oshiq gapirganman.

    Men u yerda faqat futbolimizdagi yomon illatlar haqida gapirmaganman. Futbolimiz rivojlanayotganini ham gapirganman. Nima uchun audioyozuvni to‘liqligicha tarqatmadi? Ilhom Mo‘minjonov murabbiy bo‘lib ishlagan paytda uy uchrashuvlari uchun hakamlarga 150 million berildi deganman. Aslida qancha berilganini bilmayman. Chunki Mo‘minjonov “Navbahor”da ishlagan paytda men “Al-Shabab”da bo‘lganman. Bu summani ularni tinchlantirish uchun taxminan aytganman. Nima bo‘lgan taqdirda ham Ilhom Mo‘minjonovni ko‘rib turibsizlar. Futboldan chetlatilgan. Buning barchasi bekorga emas.

    U yerda gapirilgan ko‘p gaplar audioyozuvda yo‘q. Audioyozuv tarqalgandan keyin ishdan ketish haqida ham o‘yladim. Men bu yerga futbolni rivojlantirish uchun kelganman.

    Oradan biroz vaqt o‘tsin, albatta, intervyu beraman. Aynan mana shu holatga to‘xtalib o‘taman. Faqat buning uchun biroz vaqt kerak.

    Aziz Haydarov, O‘FAning terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bo‘lgan voqeliklarga munosabati

    Tashkilot Haydarovning tarqalgan audioyozuvi va unda xodimning aytgan so‘zlari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirganicha yo‘q.

    “Paxtakor”—“Navbahor” uchrashuvi bosh hakami quyi ligaga 1 oylik surgunga yuborildi

    O‘FA hakamlik qo‘mitasi 2-mart, dushanba kuni “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvidagi hakamlikni ko‘rib chiqdi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, Tantashev o‘yin tizginini qo‘ldan chiqargan va intizomiy qarorlar chiqarishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Shu sabab hakam bir oy muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirildi. Mazkur bir oy ichida Superligada uchta tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

    Mo‘minjonov diskvalifikatsiyasi

    “Navbahor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov futbolchilarni o‘yinni sotishga undagi uchun 2019-yilning aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan 50 million so‘m miqdorida jarima tortilgan va 5 yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.

    2020-yilning 3-yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan va klub murabbiyga kafil bo‘lishini qayd etgan.

    Etika qo‘mitasi shulardan kelib chiqib Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddatini qisqartirgan. Endilikda bu cheklov 2020-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi. Ta’kidlash joiz, O‘FAning 2019-yildagi qarori (mazkur xabar o‘chib ketgan, bu orada tashkilot sayti yangilangan) bo‘yicha Mo‘minjonov umumiy hisobda 5 yil muddatga futbolga oid faoliyatdan chetlatilgani ma’lum qilingandi. Biroq tashkilotning 25-fevral kungi bayonotida muddat 4 yil deb ko‘rsatilgan. Tashkilot qarorini qachon o‘zgartirgani noma’lum. Shu tariqa Mo‘minjonovning 5 yillik diskvalifikatsiyasi 1 yil-u 9 oy deganda yakuniga yetadi.

    06.03.2020, 18:54   Izoh (0)   83119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rustam Inoyatov o‘rniga Milliy bank raisi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rahbar bo‘ldi

    06.03.2020, 17:26

    Tokio—2020 yo‘lida. Bobousmon Boturov Iordaniyadagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi

    06.03.2020, 15:26

    UEFA vakillari O‘zbekistonga keladi

    06.03.2020, 14:55

    Superliga. “Navbahor” “temiryo‘lchilar”ni o‘z uyida mehmon qiladi, “Paxtakor” esa “Buxoro”ni sinovdan o‘tkazadi

    06.03.2020, 11:03

    UEFA yana yangi musobaqa tashkil qiladi. U Chempionlar Ligasiga o‘xshash bo‘ladi

    05.03.2020, 18:10

    “Manchester Yunayted” tarixidagi eng qimmat 5 ta transfer haqida

    05.03.2020, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.