• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi

    O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi a’zosiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar berdi.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Gaaga konferensiyasiga a’zo bo‘lishi jarayonining yakunlanishi va tashkilotga to‘laqonli rasmiy a’zo bo‘lishi adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiyaning Gaaga shahrida rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston 4-mart, chorshanba kuni, ushbu tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi.

    Vazirlikning qayd etishicha, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi shu kungacha o‘zida 83 ishtirokchini jamlagan (82 davlat va Yevropa ittifoqi). Endilikda unga Dominikan va O‘zbekiston ham a’zo bo‘ldi va a’zolar soni 85 taga yetdi.

    Adliya vazirligining ta’kidlashicha, globalizatsiya asrida ko‘pgina huquqiy masalalar milliy chegaralardan chiqib ketmoqda. Ya’ni turli mamlakatlar qonunchiligidagi turlicha jihatlar o‘rni kelsa bir inson taqdirida kesishib, ayrim o‘rinlarda ziddiyatga kirishmoqda yoki shunchaki noqulayliklar tug‘dirmoqda. Masalan, bir davlatda berilgan hujjatning boshqa bir davlatda tan olinishini ta’minlash, ma’lum mamlakatda tug‘ilgan go‘dakni boshqa yurtga farzand qilib olib ketish yoki fuqaro farzandini ona vatanida emas, musofirchilikda dunyoga keltirishi holatlari ko‘plab uchrayapti. Bunda huquqiy masalalarning ortiqcha ziddiyatlar va byurokratiyasiz hal etilishi ham insonlarga, ham davlatlarga foydalidir. Shu sababli jahonning ko‘plab mamlakatlari o‘zaro kelishib, turli xalqaro-huquqiy hujjatlar va xalqaro tashkilotlar faoliyati orqali hamkorlik qiladi hamda o‘zaro huquqiy muvofiqlashtiruv harakatlarini amalga oshiradi. Mazkur konferensiya aynan shunday tashkilotlardan biri hisoblanadi.

    Shu paytgacha konferensiya doirasida 40 dan ortiq konvensiya imzolangan bo‘lib, ular quyidagi uchta asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:

    • bolalarni xalqaro himoya qilish, oilaviy va mulkiy munosabatlar;
    • xalqaro huquqiy hamkorlik va nizolarni bartaraf etish;
    • xalqaro tijorat va moliyaviy huquq.
    Xalqaro xususiy huquq me’yorlarini birlashtirish O‘zbekiston uchun o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Chunki migratsiyaning shiddat bilan o‘sishi, turli sohalarda xorijiy unsurga ega fuqarolik-huquqiy nizolarning ko‘payishi tufayli zudlik bilan yechilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzaga kelmoqda.

    Shunga ko‘ra, Gaaga konferensiyasi doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan normalar xalqaro xususiy huquq bo‘yicha milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga sezilarli ijobiy ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda.

    O‘zbekiston shu kungacha Gaaga konvensiyalarining uchtasiga a’zo bo‘lgan: Fuqarolik jarayoni masalalari bo‘yicha konvensiya (1954-yil), Chet el rasmiy hujjatlarini legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (1961-yil), Xalqaro bolalarni o‘g‘irlashning fuqarolik jihatlari bo‘yicha konvensiya (1980-yil).

    O‘zbekiston uchun, xususan, uning fuqarolari uchun Gaaga konferensiyasiga a’zo bo‘lishdan quyidagi manfaatlar yuzaga keladi:

    1. Xalqaro-huquqiy yordam tizimi soddalashadi va osonlashadi;
    2. Xalqaro-huquqiy yordam ehtiyojiga uchragan fuqarolarga kengroq imkoniyatlar yaratiladi;
    3. Fuqarolik-huquqiy sohaga oid xalqaro nizolar samarali, tez va kam xarajat bilan bartaraf etiladi;
    4. Milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga ijobiy ta’sir bo‘ladi;
    5. O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquq ilmining rivojlanishiga yordam beradi.
    Shu bilan bir qatorda, mazkur xalqaro tashkilot faoliyatida O‘zbekistonning to‘laqonli a’zo sifatidagi faoliyati kelajakda qabul qilinadigan xalqaro hujjatlarda mamlakatning milliy manfaatlarini ham aks ettirish imkonini yaratadi.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 28-fevral kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Senatining ikkinchi yalpi majlisida “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqilgan. 2019-yilning dekabr oyida esa O‘zbekistonga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun kelgan Gaaga konferensiyasi bosh kotibi Kristof Bernaskoni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatning mazkur konferensiyaga a’zo bo‘lishi masalasini muhokama qilgan edi.

    05.03.2020, 22:56   Izoh (0)   11690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik 18 yoshli qiz Moskvada jinsiy qullikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi

    05.03.2020, 22:26

    Farg‘ona universiteti prorektori soxta hujjatlar bilan 18 abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yganlikda ayblanmoqda

    05.03.2020, 21:26

    Koronavirusdan qanday saqlanish mumkin? Mutaxassis tavsiyalari

    05.03.2020, 20:43

    Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik qahramon fermer Lola Murotovaga telefon qilib, uni bayram bilan tabrikladi

    05.03.2020, 20:27

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizning yubkasini yechib yuborgani aytildi. Maktab ma’muriyati bu gap-so‘zlarni rad etmoqda

    05.03.2020, 20:12

    Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi

    05.03.2020, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.