• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Yunayted” tarixidagi eng qimmat 5 ta transfer haqida

    “Manchester Yunayted” dunyoning eng qimmat klublaridan biri. Klub bu nomga munosib ravishda doimiy ravishda qimmatbaho transferlarni amalga oshirib keladi. Shunday transferlardan so‘nggisi Brunu Fernandesh xaridi bo‘ldi. “Yunayted” portugaliyalik yarim himoyachi uchun “Sporting”ga 55 million yevro to‘ladi. Bundan tashqari futbolchining natijalariga qarab Lissabon klubi yana 25 million yevroni bonus sifatida qo‘lga kiritishi mumkin. Fernandesh hozircha jamoaga yaxshi kirishib keta oldi. Buni uning ko‘rsatayotgan o‘yini ham statistikasi ham isbotlab turibdi. 6 ta o‘yinda 3 ta gol, 2 ta golli uzatma.

    Xo‘sh, “qizil iblislar” so‘nggi yillarda yana qanday qimmatbaho xaridlarni amalga oshirdi? Ular qanchalik o‘ziga sarflangan pullarni oqladi. Quyida Manchester klubi tarixidagi eng qimmatbaho 5 ta transfer haqida gap ketadi.

    5. Antoni Marsyal — “Monako”dan 60 mln yevro

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    Hali 20 yoshga to‘lmagan Antoni Marsyal uchun 2015-yil 1-sentabrida “Yunayted” “Monako”ga 60 million yevrogacha oshishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu orqali klub bir yil oldin Lyuk Shou orqali (20 yoshga to‘lmagan futbolchi transferi) o‘rnatgan rekordini yangiladi. Antoni “qizil iblislar” safidagi dastlabki mavsumida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. Bu uning hozirgacha klub safidagi eng yaxshi mavsumi bo‘lib turibdi. Biroq Antoni ushbu natijalarni joriy mavsumda yangilashi mumkin. Hozircha Marsyal 32 ta o‘yinda 15 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

    4. Anxel di Mariya — “Real”dan 75 mln yevro

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    Anxel di Mariya Madrid klubidagi qoyilmaqom o‘yinlari orqali muxlislarning yoqimtoyiga aylangandi. Biroq argentinalik futbolchi Ispaniya poytaxtida uning xizmatlari yetarlicha qadrlanmayapti degan fikrga keldi. Bundan esa “Yunayted” foydalanib qoldi. 2014-yil avgustida “Manchester Yunayted” “Real”ga Anxel uchun 75 million yevro to‘ladi. Unga klubda afsonaviy futbolchilar harakat qilgan 7-raqam ishonib topshirildi. Biroq bu raqam Anxel uchun “og‘irlik” qildi. Oradan bir yil o‘tmay, futbolchi Manchesterni tark etishga qaror qildi. Buning uchun u hatto klub bilan mavsumoldi yig‘inlariga borishdan voz kechdi. 2015-yil 2-avgustida futbolchi PSJ klubi a’zosiga aylandi. Parijliklar “farishta” uchun 63 million yevro to‘ladi. Di Mariyaning “Yunayted”dagi ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: 32 ta o‘yin, 4 ta gol.

    3. Romelu Lukaku — “Everton”dan 84,7 mln yevro

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    “Manchester Yunayted” so‘nggi yillarda hujumchi xarid qilish uchun katta mablag‘ sarflashga majbur bo‘lmoqda. Ammo yangi hujumchilar uchun sarflanayotgan pullar hozircha o‘zini oqlayapti deb bo‘lmaydi. 2017-yil iyulida Manchester klubi “Everton”dan salkam 85 million yevro evaziga belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni sotib oldi. Klub Romelu bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Lukaku kelishi bilan Ueyn Runi klubdan ketdi, ketganda ham “Everton”ga yo‘l oldi. Futbolchining debyuti Yevropa Superkubogi doirasida “Real”ga qarshi kechdi va u gol urishga erishdi. “Yunayted” safida APLdagi debyutida ham gol urishga erishdi. O‘sha mavsum belgiyalik futbolchi APLda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi. Keyingi mavsumda esa Romelu APLda 32 ta o‘yinda 12 ta gol urib, tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketdi. Joze Mourinyo klubni tark etgach, jamoa boshqaruvini Ole-Gunnar Sulsher o‘z qo‘liga oldi. Jamoa hujum chizig‘ida esa Markus Reshford asosiy planga chiqa boshladi. Bundan norozi bo‘lgan Romelu klubni almashtirish payiga tushib qoldi. U 2019-yil yozida Antoni Konte boshqaruvni qo‘lga olgan “Inter”ga yo‘l oldi. “Inter” Lukaku uchun 80 million yevro to‘lashdan qochmadi. Romeluning “Yunayted”dagi umumiy statistikasi esa quyidagi raqamlar bilan yakunlandi: 96 ta o‘yin, 42 ta gol.

    2. Harri Maguayr — “Lester”dan 87 mln yevro

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    Harri “Lester” safidagi ishonchi o‘yinlari orqali Manchester grandlari oromini o‘g‘irladi. “Siti” “Atletik”dan Aymerik Lyaportni xarid qilib, himoyada muammolarni bartaraf etish mumkinligini ishondi va Maguayr variantidan voz kechdi. Shu orqali “Yunayted” Maguayr uchun kurashda asosiy favoritga aylandi. Biroq “qizil iblislar” Harri uchun “tulkilar”ga rekord darajadagi mablag‘ni to‘lashga majbur edi. Boisi “Lester” o‘z himoya ustunini 90 million yevrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilib ulgurgandi. Oxiri tomonlar 2019-yil 2-avgustida 87 million yevro mablag‘ ustida bir to‘xtamga keldi. Bu orqali Manchester klubi o‘z tarixidagi eng qimmat ikkinchi xaridga qo‘l urdi. “Lester” esa o‘z tarixidagi eng qimmat sotuvni amalga oshirdi. Umuman olganda bu hayratlanarli summa. Biroq 2018-yil yanvarida “Liverpul” Virjil van Deyk uchun 85 million yevro to‘lab, himoyachilar ham katta mablag‘lar evaziga sotib olinishi mumkinligi va ular ham bu samoviy mablag‘larni oqlay olishini isbotlab qo‘ygandi. Maguayr klubga kelganiga 1 yil to‘lmasidan jamoa sardori darajasigacha ko‘tarildi. Sulsherga jamoani yangidan qurishda eng katta yordamchilardan biri vazifasini o‘tashga harakat qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 39 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Ha, aytgancha, futbolchi 5-mart kuni o‘zining 27 yoshini qarshi oldi.

    1. Pol Pogba — “Yuventus”dan 105 mln yevro

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob

    “Qizil iblislar” tarixidagi eng qimmat transfer 2016-yil avgustida amalga oshirilgan. 4 yil avval tekinga qo‘yib yuborilgan Pol Pogba uchun Manchester klubi “Yuventus”ga 105 million yevro to‘ladi. Bu orqali Pol o‘sha vaqtdagi dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Pogba transferida Mino Rayola muhim rol o‘ynagan. Uning Manchesterga o‘tishi ortidan Rayola salkam 27 million yevro ishlab oladi. Pogba hozirgacha jamoaning asosiy yetakchisiga aylana olgani yo‘q. Bunga surunkali jarohatlar va turli nizolar sabab bo‘ldi. Futbolchi bir necha marta “Yunayted”dan ketish istagini bildirdi. Birda “Real”ga yana birda “Yuventus”ga o‘tishi haqida bong urildi. Biroq futbolchi ham Manchester klubida. Faqat yana o‘sha jarohatlar sabab maydon tashqarisida qolmoqda. Pogba “Yunayted”ga qaytgandan beri jami 143 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi. 2016/17-yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogi hamda Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

    Mavzuga doir: 

    • “Barselona” tarixidagi eng qimmat 5 transfer haqida 
    • “Real” tarixidagi eng qimmat 5 ta transfer haqida
     

     

    05.03.2020, 17:32   Izoh (0)   28138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ronaldinyo hibsga olinishi mumkin. U Paragvayga soxta pasport bilan kirganlikda gumon qilinmoqda

    05.03.2020, 16:14

    Ronalduning agenti soliqlardan qochishda gumon qilinmoqda. Uning ofisida tintuv o‘tkazildi

    05.03.2020, 14:56

    Angliya Kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi

    05.03.2020, 11:52

    Koronavirus sabab “Yuventus”—“Milan” va “Napoli”—“Inter” uchrashuvlari qoldirildi

    04.03.2020, 19:18

    Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

    04.03.2020, 18:32

    Ronaldu: “Onamning ahvoli yaxshi, u o‘zini yaxshi his etmoqda”

    04.03.2020, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.