Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar ham o‘z ishtirokini boshladi.
3-mart, seshanba kuni, -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov saralash bosqichida ringga ko‘tarildi.
Fanat dastlabki bosqichda Osama Majid bilan ro‘baro‘ keldi. 3 raund yakuniga ko‘ra, hakamlar Qahramonovning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariq Fanat ikkinchi davra yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida -57 kilogramm vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva dastlabki bosqichda mikroneziyalik Jennifer Chiengga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi va keyingi davraga yo‘l oldi.