• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 2-martning asosiy xabarlari

    Xitoydagi vaziyat

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda umumiy hisobda kasallanganlar soni 80 026 kishiga yetdi.

    Uxandagi shifoxona xodimi tungi navbatchilik vaqtida biroz hordiq chiqarib olmoqda. 9-fevral.

    Uxandagi shifoxona xodimi tungi navbatchilik vaqtida biroz hordiq chiqarib olmoqda. 9-fevral.
    Foto: Reuters

    Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 88 232 kishiga yetdi, deya xabar berdi South China Morning Post. Virus oqibatida vafot etganlar soni 3041 kishiga yetgan, 42 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida vazirlik, qo‘mita va agentliklar bilan hamkorlikda idora xodimlarini dunyodagi bugungi qaltis epidemik vaziyatdan ogoh etib, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

    O‘zbekistondagi barcha maktablarda koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mavjud 9950 ga yaqin umumta’lim muassasalarida tegishli sanitariya choralarini amalga oshirish orqali xodimlar va o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qilgan.

    Foto: Uzbekistan Airways matbuot xizmati

    O‘zbekiston koronavirus sabab Seul, Tokio, Rim, Afg‘oniston va Eron bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Toshkentga Janubiy Koreyadagi bir guruh o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani xabar berilgandi.

    Oliy Majlis Senatiga tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi (tana haroratining yuqoriligi COVID-19 koronavirusi infeksiyasining belgilaridan biri hisoblanadi) teplovizorlar yordamida tekshirilmoqda.

    Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari yuzlariga niqob taqqan holda xizmat olib borgan. “Gazeta.uz” muxbiri kirish joyida qo‘riqchilardan biri binoni isiriq bilan tutatayotganiga guvoh bo‘lgan. Bino liftlariga nafas olish yo‘llari yuqumli kasalliklar profilaktikasi haqida ogohlantirishlar osilgan.

    Jahondagi vaziyat

    Eron parlamentining 100 nafar a’zosi COVID-19 aniqlash uchun test topshirgan, ularning 5 nafarida tahlil natijalar ijobiy chiqqan. OAV parlament deputatlaridan biri — Muhammad Ali Ramazoniy Dastak koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan.

    Foto: CNN Turk

    Ma’lumot uchun, Eron hukumati vakillari orasida koronavirus epidemiyasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchidan boshlangan edi. Shundan so‘ng Eron vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar ham koronavirusga chalingani xabar qilindi. Avvalroq Eronning Vatikan va Eron davlatlaridagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirus bilan kasallanib, vafot etgani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Eronda 593 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 43 kishi vafot etgan.

    Moskvada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi. “Rospotrebnadzor” ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Koronavirusga chalingan bemor rossiyalik David Berovning ushbu kasallikni Italiyadan yuqtirib kelgani aytilmoqda.

    Foto: Russia Beyond

    Armanistonda COVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi, deb yozgan mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida.

    Yaponiyaning 47 ta prefekturasining yarmida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati tasdiqlandi. Qayd etilishicha, kasallanganlarning umumiy soni 942 kishini tashkil etayotgan bo‘lib, ularning 705 nafari Diamond Princess kruiz kemasidan tushgan fuqarolardir.

    Vatikan matbuot xizmati Rim Papasi Fransisk betobligi sabab, 1-mart, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni bekor qilgani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotdan so‘ng qator OAVlar Rim Papasi Fransisk va uning ikki yordamchisi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqidagi xabarlarni tarqatdi. Biroq Vatikan matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rad etdi. “Bu katta feyk”, — deyiladi rasmiy axborotda.

    Foto: AP Photo /L’Osservatore Romano/Pool

    AQShda koronavirusdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Kasallik 70 yoshli erkakda aniqlangan. U 29-fevral, shanba kuni, Vashingtondagi EvergreenHealth kasalxonasida vafot etgan. Avvalroq shu kasalxonada 50 yoshli ayol vafot etgandi. Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 nafar bemor og‘ir holatda. Umumiy hisobda AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 60 kishini tashkil etmoqda.

    AQSh fond bozori 28-fevral, juma kuni, ochilganidan keyin kotirovkalarda keskin pasayish kuzatildi. S&P 500’ning indeksi 3,09 foizni tashkil qildi, Dow Jones indeksi esa 3,52 foizga tushdi. Rossiyada bundan ham yomonroq holat qayd etilgan. Moskva birjasida pasayish 4,98 foizni tashkil qilmoqda, RTS dollar indeksi esa 6,5 foizga tushgan.

    Mavzuga doir: Koronavirus sababli jahon yalpi ichki mahsulotining yo‘qotishlari 1 trln dollarga yetishi mumkin

    Qayd etilishicha, agar AQSh birjalari indekslarining pasayishi shu sur’atda davom etsa, bozorning haftalik pasayishi 14 foizdan oshadi. Bu 2008-yildan beri AQShdagi eng yomon hafta bo‘ladi. G‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar navbatdagi tarixiy minimumga tushdi.

    Brent markasidagi neft narxi 2,5 yil avval may oyida bir barrel uchun 49 dollardan ham arzonlashgandi. 28-fevraldagi savdolarda Brent markasidagi qora oltin narxi 48,95 dollar deb baholandi va avvalgi savdolardagi ko‘rsatkichdan 5,37 foizga pasaydi.

    Dunyo bo‘ylab birja indekslarining pasayishi oqibatida so‘nggi bir hafta davomida sayyoraning eng badavlat 500 odami 444 milliard dollar yo‘qotdi. Ko‘rilgan zararlar qiymati yil boshidan beri olingan barcha daromadlardan oshib ketgan.

    Foto: Geely Icon

    Geely kompaniyasi Volvo bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Icon krossoveri uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisining ma’lum qilishicha, yangi model IAPS maxsus iqlim qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, u salon ichidagi odamni bakteriya va viruslardan himoya qilishga qodir. Mashinaga “zakaz”lar kutilganidan ham oshib, bir sutka ichida 30 mingdan ortiq avtomobilga buyurtma berilgan.

    Eng katta aviakompaniyalardan biri bo‘lgan Emirates Airlines koronavirus tarqalishi sabab vujudga kelgan iqtisodiy muammolar tufayli o‘z xodimlaridan ta’tilga chiqishni so‘radi. Hujjatda koronavirus sabab kompaniyaning biznesda jiddiy moliyaviy sustlashishi kuzatilgani qayd etilgan. Shuningdek, shu munosabat bilan xodimlarga to‘lov ko‘zda tutilgan ta’til olish tavsiya qilingan. Tezkor faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan xodimlarga esa o‘z hisobidan ta’til olish so‘ralgan. Ma’lumot uchun, Emirates Xitoyning Pekindan tashqari qismiga parvozlarni bekor qilgan. Shuningdek, Eronga ham parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.

    Koronavirus epidemiyasining kutilmagan ijobiy jihati haqida ma’lumot berildi. Xitoydagi fabrika va zavodlarda ish to‘xtagani, avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning kamayganligi koronavirus tarqalishining ijobiy jihatlaridan biriga aylandi.

    JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus kasallikka qarshi vaksinalarning dastlabkilari bir necha hafta ichida chiqishini ma’lum qildi. “Dunyoda 20 dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda va bir qator dorilarning klinik tadqiqotlari olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi tashkilot rahbari. Tashkilot koronavirusning global xavfini “juda yuqori” darajaga ko‘tardi.

    Foto: “RBK-Ukraina”

    Koronavirus chivin chaqishidan yuqadimi? Butun dunyoda og‘ir epidemiologik vaziyatni yuzaga keltirgan COVID-19 koronavirusi chivin yoki pashsha chaqishi oqibatida yuqmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ham ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, respirator virus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi.

    Sportdagi vaziyat

    Eronda yangi ko‘rinishdagi koronavirus sababli mini futbol bo‘yicha professional futzalchi Elham Shayxi hayotdan ko‘z yumdi.Ta’kidlanishicha, 23 yoshli Shayxi bundan 10 kun muqaddam shifoxonaga yotqizilgan va 26-fevral, chorshanba kuni, vafot etgan. Shu tariqa u COVID-19 virusi bois hayotdan erta ko‘z yumgan birinchi futzalchi sifatida tarixda qoldi.

    Foto: Persian Soccer

    Xitoyda tarqalgan koronavirus Tokio—2020 Olimpiadasining o‘tkazilishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari ijroqo‘mi bosh direktori Katsura Enyo ma’lum qildi. “Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi. Musobaqani bekor qilishi yoki qoldirish borasida esa o‘ylayotganimiz ham yo‘q. Menda bu borada hech qanday fikr yo‘q”, — deya Enyo so‘zlarini keltirmoqda “TASS”.

    Foto: Worldabcnews

    Nemis futbolida koronavirus sabab ehtiyot choralari ko‘rilmoqda: “Bavariya” futbolchilariga muxlislar bilan suratga tushish taqiqlandi. Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv ham koronavirus sabab boshqa muddatga qoldirildi. Umuman olganda mart oyidagi xalqaro futbol uchrashuvlari bo‘sh tribunalarda o‘tishi mumkin. FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus tarqalishi sababli mart oyidagi xalqaro uchrashuvlarning bo‘sh tribunalarda o‘tishi mumkinligini istisno qilmadi.

    Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta futbol o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tdi. Avvalroq “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini ham mazkur sabab qoldirilgani haqida xabar berilgandi.

    02.03.2020, 19:55   Izoh (0)   137578
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi

    02.03.2020, 19:52

    Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi ma’lum qilindi

    02.03.2020, 19:25

    Samarqandda ko‘chada yalang‘och yurgan erkaklar jazolandi

    02.03.2020, 19:09

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    02.03.2020, 18:37

    O‘zbekistondagi barcha maktablarda koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi

    02.03.2020, 17:52

    Sergeli tumanida 2 ta yangi umumta’lim maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    02.03.2020, 17:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxdagi bozor yaqinida ikki qavatli choyxona yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 17 may, 15:53

    Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen to‘ng‘ich farzandining tug‘ilgan kunini nishonladi

    Layfstayl | 17 may, 15:40

    O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

    O‘zbekiston | 17 may, 15:20

    “Bu diqqatni o‘ziga tortadigan va ilhom bag‘ishlaydigan maskan” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 17 may, 15:00

    To‘rt yoshli bloger qiz Forbes’ning “30 dan 30 gacha” ro‘yxatiga kirdi

    Layfstayl | 17 may, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.