Daryo

AQShda koronavirusdan ikkinchi kishi vafot etdi

Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 nafar bemor og‘ir holatda

1 daqiqa o‘qish70 676 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQShda koronavirusdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda The New York Times’ga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Kasallik 70 yoshli erkakda aniqlangan. U 29-fevral, shanba kuni, Vashingtondagi EvergreenHealth kasalxonasida vafot etgan. Avvalroq shu kasalxonada 50 yoshli ayol vafot etgandi. Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 nafar bemor og‘ir holatda.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) AQShda koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 60 dan oshganini ma’lum qilgan.

Tramp administratsiyasi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun Kongressdan 2,5 milliard dollar talab qilmoqda. Shu bilan birga, prezident koronavirusga qarshi vaksinani yaratish jarayoni “tez” va “juda yaxshi” o‘tayotganini ta’kidlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi. Virus oqibatida vafot etganlar soni 3 041 kishiga yetgan, 42 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar