Daryo

Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 942 kishiga yetdi

Mamlakatdagi 47 ta prefekturaning yarmida COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holati tasdiqlangan

1 daqiqa o‘qish72 006 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novostil

Yaponiyaning 47 ta prefekturasining yarmida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “RIA Novostil

Qayd etilishicha, kasallanganlarning umumiy soni 942 kishini tashkil etayotgan bo‘lib, ularning 705 nafari Diamond Princess kruiz kemasidan tushgan fuqarolardir.

Kasallanganlarining aksariyati — 67 nafari mamlakat shimolida joylashgan Xokkaydo prefekturasida aniqlangan. Tokioda esa koronavirusga chalinishning 36 ta holati tasdiqlangan. Bugungi kunga kelib ulardan 11 nafari vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, virus sababli Yaponiyada ommaviy tadbirlar bekor qilingan, istirohat bog‘lari, davlat kutubxonalari, tomosha maydonchalari va muzeylar yopilgan. Maktablar, sport to‘garaklari va qo‘shimcha mashg‘ulot markazlari ham yopilmoqda.

Avvalroq Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Koronavirus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada xavotir olishayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar