Daryo

Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 245 nafar odam koronavirus bilan kasallangan

1 daqiqa o‘qish66 304 ko‘rishlar0 izoh0
Xadi Xisravshohiy Foto: IRNA

Eronning Vatikan va Eron davlatlaridagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronvairus bilan kasallanib vafot qildi, deya xabar bergan IRNA agentligi.

Xadi XisravshohiyFoto: IRNA

Xadi Xisravshohiy Tehrondagi kasalxonlardan biriga olib kelingan. Uning koronavirusga topshirgan tahlillari ijobiy natija ko‘rsatgan va ertasi kuni sobiq elchining vafot etgani ma’lum qilingan.

27-fevralda Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident Ma’suma Ebtekarning koronavirus bilan kasallangani xabar qilingan. Ayol tahlillarni 26-fevralda topshirgan va ertasiga tongda tashxis o‘z tasdig‘ini topgan. Ikki kun avval Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iroj Harirchining koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan. Topshirilgan test natijalari Eron Majlisining milliy xavfsizlik masalalari qo‘mitasi rahbari Mujob Zonnur, deputat Mahdum Sodiqiyda ham ijobiy natija ko‘rsatgan. Mavzuga doir:  JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 245 nafar odam koronavirus bilan kasallangan, shundan 26 ta vaziyatda virus so‘nggi bosqichga yetgan, ya’ni o‘lim holati kuzatilgan.

Koronavirus tarqalganidan keyin Rossiya Eron bilan aviaqatnovlarni cheklab qo‘ydi. 28-fevraldan boshlab ushbu yo‘nalishda parvozni amalga oshirish faqar “Aeroflot” hamda Mahan Air kompaniyalariga ruxsat etiladi. Ushbu kompaniyalar samolyotlari Sheremetyevo aeroportida faqat F terminalga kelib qo‘nishi mumkin.

Rossiya TIV fuqarolargga koronavirus epidemiyasi sabab bir nechta mamlakatlar, jumladan Eronga bormaslikni tavsiya qilgan. Rosturizm esa Rossiyadagi turoperatorlardan ushbu mamlakat hududiga sayohatlar tashkillashtirishni vaqtincha to‘xtatishni iltimos qilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar