• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tibbiy yordam uchun order olishda yuzaga kelayotgan navbatlarning sabablari ma’lum qilindi

    O‘zbekistondagi 16 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yo‘naltirilayotgan imtiyozli toifadagi bemorlarga beriladigan orderlarni olishga navbatlar 2019-yilga nisbatan biroz kamaygan. Buning sababi ushbu markazlar mutaxassislari yil davomida hududlarda qat’iy grafik asosida yuqori texnologiyalar yordamida tibbiy tekshiruv va operatsiyalar o‘tkazgan. Viloyatlarga ham zarur zamonaviy texnologiyalar olib kirilmoqda. Bu haqda 21-fevral, juma kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ta’kidlab o‘tildi.

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, davolash-profilaktika muassasalarida imtiyoz guruhlariga kiruvchi aholiga davolanish uchun order berish hukumatning 2004 va 2017-yillarda imzolangan qarorlari bilan tartibga solinadi.

    Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda order berish bilan bog‘liq muammolar va katta navbatlarning qanday omillar bois yuzaga kelayotgani to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.

    “Order berishdagi muammolarning eng asosiysi — 16 ta markazga Vazirlar Mahkamasining 826-sonli qarorida belgilangan kvota miqdorida yetarli mablag‘ ajratilmayapti. Shu sabab markazlarga budjet hisobidan davolanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni yo‘llashda cheklovlar kuzatilyapti. Natijada, navbatlar ham hosil bo‘lmoqda.

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Misol uchun, 2019-yilda xirurgiya markaziga tibbiy xizmatlar uchun 30 foiz, shoshilinch xizmat uchun esa 5 foiz miqdorda mablag‘ ajratish belgilangan edi. Ammo yil mobaynida 18 foizga moliyalashtirildi. Bu mablag‘ 1 ming 400 ta orderga yetgan. Fuqarolarda esa 2 ming 880 ta statsionar orderga ehtiyoj tug‘ilgan.

    Shuningdek, kardiologiya markaziga o‘tgan yili tibbiy xizmatlarga 30 foiz, shoshilinch xizmat uchun 5 foiz miqdorda davlat budjetidan pul ajratilishi rejalashtirilgan. Biroq amalda 15 foiz moliyalashtirilgan. Ushbu mablag‘ 1 ming 439 ta orderga ishlatilgan. Aholining talabi esa 2 ming 448 ta bo‘lgan.

    Qisqasi, 2019-yilda markazlarning birortasiga hukumat qaroridagi kvotalar miqdorida davlat budjetidan to‘liq mablag‘ ajratilmagan. O‘rtacha moliyalashtirish 8—18 foizni tashkil qilgan.

    Bundan tashqari, respublika bo‘ylab uyushtirilgan sayyor qabullar va markazlarning viloyatlarga yordam sifatida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlarida imtiyoz guruhiga kiruvchi kasalliklarning aniqlanishi natijasida orderga bo‘lgan ehtiyoj ham bir necha barobarga oshgan”, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Mo‘minov.

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    SSV rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, muammolar bo‘lishiga qaramay, order olishga navbatlar o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

    “2019-yil boshida 16 ming 381 nafar odam navbatda turgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yil boshida 12 ming 323 tani tashkil etdi. Buning sababi markazlar yil davomida hududlarda qat’iy grafik asosida yuqori texnologiyalar asosida 2 ming 569 ta operatsiya o‘tkazdi. Mahalliy mutaxassislarga uslubiy amaliy maslahatlar ko‘rsatilyapti. Shuningdek, viloyatlarga ham zarur zamonaviy texnologiyalar olib kirilmoqda.

    Joriy yil yakuniga qadar viloyatlarda markazlarning 15 ta filialini ochish rejalashtirilgan. 2021—2022-yillarda esa 14 ta filial faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa navbatga ehtiyoj yana kamayadi”, — dedi Bahrom Mo‘minov.

    21.02.2020, 23:44   Izoh (0)   29465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi

    21.02.2020, 23:13

    Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami kunlari uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qildi

    21.02.2020, 22:57

    Namangan xalqaro aeroportida koronavirus kirib kelish xavfini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi (foto)

    21.02.2020, 22:27

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshiriladigan qurilish va ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi

    21.02.2020, 22:11

    Qozog‘istondan qoramol olib chiqishning taqiqlangani O‘zbekistondagi go‘sht narxiga hozircha ta’sir ko‘rsatmadi

    21.02.2020, 21:54

    Toshkentda Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali ochiladi

    21.02.2020, 21:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.