• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Soyadan soyaga. Hech qachon dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmaydigan Neymar haqida

    Neymarning 2020-yilgi tavallud kuni (5-fevral) shovqinlarsiz, tinch holda o‘tishi kerak edi. Shunday ham bo‘ldi. Braziliyalik eng yaqin do‘stlari va PSJdagi jamoadoshlarini tug‘ilgan kuniga taklif qildi. Hammasi o‘zi xohlagandek o‘tdi. Bu orqali hujumchi ancha katta bo‘lib qolganini, ko‘ngilxushliklarni emas, balki go‘yoki faoliyati borasida qayg‘urishga o‘tganini ko‘rsatdi. 2019-yildagi kabi uning tavallud kuniga mashhur kompaniya homiylik qilib, uni tashkillashtirmadi, hammasi imi-jimida o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar eslasangiz, Neymar “Barselona”da Messi va Suares bilan birga dahshatli hujum triosini tashkil etgandi. 2017-yil yozda esa unga orzularini amalga oshirishi uchun Parij shahri mos kelishi oydinlashdi. Nega deysizmi? Neymarga yaqin kishilarning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi Messining soyasidan chiqishni va yangi jamoada hal qiluvchi rolga ega bo‘lishni xohlagan. Jamoada ikkinchi bo‘lish — Neymar uchun emasdi.

    Yana katta rejalar ichida “Oltin to‘p”ga ega chiqish, dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida millionlarni ishlash ham bor edi. Bu Neymar uchun amalga oshirsa bo‘ladigan ish edi. Axir u o‘sh vaqtda Ronaldu va Messi bilan bir qatorda tilga olinib kelinayotgandi. Lekin so‘nggi “katta sakrash” amalga oshmadi. Va hatto u PSJning ham eng yaxshi futbolchisi bo‘la olgani yo‘q.

    Mavzuga doir: Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari

    Parijdagi birinchi yili Neymar “Oltin to‘p” uchun kurashda 3-o‘rinda qayd etildi. Oradan bir yil o‘tib 12-o‘rindan joy oldi — 2018-yilgi mundialda Braziliya terma jamoasi bilan omadsizlikka uchradi. O‘tgan yili esa Yevropaning eng yaxshi 30 nafar futbolchisi ro‘yxatidan PSJning ikki futbolchisi o‘rin oldi. Neymar esa ro‘yxatda yo‘q edi. Mbappe 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Neymarning vatandoshi Markinyosga 28-pog‘ona nasib etdi. Neymar hatto nomzod sifatida taqdim ham etilmadi. Kamiga FIFAning The Best sovrini uchun nomzodlar qatoridan ham o‘rin olmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Neymarning nuqtayi nazaridan olib qaralsa, bu uning uchun katta omadsizlik. Ronaldu va Messining vorisi sifatida qaralgan Neymar endi Mbappe boshchilik qilayotgan futbolchilar avlodidan keyingi kadr ortida turibdi.

    Neymarning yangi jamoa safiga o‘tishi eng to‘g‘ri qaror bo‘lmagani shundan ko‘rinib turibdi. Avvaliga Parijda hamma yulduz futbolchining harakatlaridan hayratga tushdi, u haqda hech kimning yomon so‘z aytishga tili bormasdi. Neymar esa bu orada o‘z ustida ishlash o‘rniga, o‘zining ijtimoiy statusi haqida qayg‘urishni boshladi. Ko‘ngilxushlik qilib, o‘zining boyliklarini ijtimoiy tarmoqda ko‘z-ko‘z qilish bilan band bo‘ldi.

    Neymargacha ko‘plab yulduzlar ham futboldan tashqari hayotda faollik ko‘rsatgan, biroq ular buni futbolchilik faoliyati bilan birga uyg‘un ravishda amalga oshira olgan. Neymarning muammosi esa tug‘ilgan kunidan bir necha kun o‘tib, “Monpelye”ga qarshi bahs davomida oydinlashdi.

    Birinchi bo‘limning o‘rtalarida Neymar raqib futbolchisi Arno Sukeni aldashga harakat qilib ko‘rdi. Neymar fint ishlatib, Sukeni dog‘da qoldirishga harakat qildi, biroq to‘p Arnoga tegib, maydon tashqarisiga yo‘l oldi. Uchrashuv hakami Jerom Brisar esa Neymarni raqibning ustidan kulishga harakat qilmoqda deb hisoblab, uni tartibga chaqirgan holda tanbeh berdi. Bundan esa Neymarning jahli chiqib, g‘azab otiga mindi va hakam sha’niga bir qancha so‘zlarni yog‘dirdi. Brisar esa o‘ylab o‘tirmay Neymarni sariq kartochka bilan jazoladi. Tanaffusdan so‘ng ham Neymar olovga yog‘ quyishda davom etib, o‘z uslubida o‘ynadi. O‘zini tinglashga tayyorlarning barchasiga shikoyat qilishdan charchamadi. Verrattiga esa quyidagi so‘zlarni aytdi: “Men futbol o‘ynayapman”.

    Neymarning “Monpelye”ga qarshi bahsdagi harakati

    Ushbu vaziyat Neymar haqida nimalarni bilish lozimligini yanada aniqlashtiradi. Neymarning topqirligi, texnikasi, o‘z kuchiga ishonishidan uning uchun futboldagi asosiy narsa individual mahorat ekanligini tushunish mumkin. Har holda braziliyalik yulduz uchun shunday. Iste’dod uni dunyoning eng taniqli futbolchilaridan biriga aylantirdi. Ammo o‘sha iste’dodning o‘zi Neymarning yangi darajaga chiqishiga to‘siq bo‘ldi. Xalaqit berdi. Uning kuchli tomonlari — eng katta kamchiligi hamdir.

    Ijtimoiy tarmoqlar Neymarning qoyilmaqom fintlarni amalga oshirayotgan giflar-u videolarga to‘la. Har bir yangi fint Neymarning asosiy kadrga chiqishi va ko‘plab tomoshabinlarni mahliyo bo‘lishi uchun yetarli bo‘ladi. Biroq ushbu videolar kontekstdan yulib olingan, xolos. Unda faqat kuch namoyishi aks etgan. Mazmunsiz futbolni esa umuman futbol deb bo‘lmaydi.

    Neymarning ajoyib harakatlari, fintlari o‘yin uchun qo‘shimcha bonus, ammo u baribir futbolning asosi emas. Uning uchun barqarorlik emas, balki birgina yorqin harakat bilan barcha kameralarni o‘ziniki qilish muhimroq. Neymar har doim eng yaxshi bo‘lishni xohlagan, lekin u qanday sifatlar bilan bunga erishish mumkinligini hali ham tushunmagan.

    Albatta, unda hali vaqt bor. U hali ham qoyilmaqom futbolchi va hozir ko‘proq faqat futbol haqida o‘ylashga harakat qilmoqda. PSJda “Borussiya”ni yengish uchun hali imkoniyat bor. Neymar esa hali o‘z so‘zini aytishi mumkin.

    Ammo hozirgacha ko‘rganlarimizning barchasi — bu Neymarning chegarasi deb o‘ylashga majbur qiladi. Dahoning paydo bo‘lishi, soniyali buyuklik, qoyilmaqom harakat va barchasi tamom. O‘ziga xos, ammo... Tug‘ilgan kun bayramlari esa baribir ham “kamtarlik” Neymarning tushunchasidan tashqaridagi notabiiy narsa ekanligini ko‘rsatadi.

    Muallif: Rori SmitO‘zbek tiliga Asror Abdunazarov o‘girdi.

    21.02.2020, 23:57   Izoh (0)   45638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OChL. Hafta ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Unda “Paxtakor” futbolchisi ham bor

    21.02.2020, 19:54

    Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari

    21.02.2020, 17:40

    Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 17:11

    YChLda hafta ramziy terma jamoasi ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 15:59

    Odil Ahmedov qiz farzandli bo‘ldi

    21.02.2020, 15:37

    Yevropa Ligasi. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 08:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.