• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari

    Zamonaviy futbolda aqlbovar qilmas pullar aylanmoqda: transferlar, maoshlar, chiptalar, homiylik kelishuvlari. Go‘yo hozirgi futbol dunyosida nimanidir o‘z bahosida sotib olish imkonsiz ishga aylanib borayotgandek. Agar klublar iqtisod qilishni xohlasa, tez orada erkin agentga aylanadigan futbolchilarni “ovlash”ga harakat qiladi. 2020-yil yozida ham bir qator yulduz futbolchilar shunday holatga tushishi kutilmoqda. Quyida yozgi transferlar vaqtida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan 10 nafar futbol yulduzi haqida gap ketadi.

    Villian — “Chelsi”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    London klubiga Frenk Lempard kelishi bilan Villian o‘zining eng yaxshi sport formasini qaytarishga erishdi. 31 yoshli futbolchi “aristokratlar”ning ayni damdagi yetakchilaridan biri va u hatto sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushmoqda. Uning hozirgi yoshini hisobga olib, “Chelsi”ning Villianga yangi shartnoma taklif qilishga shoshmayotganligini tushunish mumkin. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga esa grand klublardan qiziqishlar bor. Masalan, “Barselona” va “Yuventus” Villianni o‘z safida ko‘rishga qarshi emas. Uning Londonda qolish ehtimoli ham bor, biroq ketadigan bo‘lsa, Kallum Hadson-Odoi va Kristian Pulishich kabi futbolchilar uning o‘rnini egallashga tayyor turibdi.

    Rayan Freyzer — “Bornmut”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    APLda kuchli oltilikdan tashqaridagi klublar futbolchilari orasida “Bornmut” vingeri alohida o‘rin tutadi. So‘nggi ikki omadli mavsumdan so‘ng Freyzer “Bornmut” asosiy tarkibida kamdan-kam ko‘rinish beradigan bo‘lib qoldi. Uning yangi jamoaga ko‘chib o‘tishi esa avvalosi o‘ziga foyda bo‘lishi mumkin. Rayanning xizmatlariga esa tezkor futbolchilarni xush ko‘radigan “Arsenal”dan jiddiy qiziqish bor. Shunday futbolchini tekinga qo‘lga kiritish esa London klubi uchun ham foydali bo‘lardi, albatta. Ushbu haftada esa “Manchester Yunayted”ning ham Freyzerni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqib qolganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

    Toma Menye — PSJ

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Belgiyalik 28 yoshli himoyachi PSJning asosiy yulduzlari qatorida bo‘lmasligi mumkin, ammo u Tuxel jamoasi o‘yinida muhim o‘rin tutayotgani bor gap. Shu bilan birga u PSJni tez orada tark etishini barchaga ma’lum qilib ulgurgan. Muammo shundaki, futbolchining oldida tanlov imkoniyatlari ko‘p: Menyening xizmatlariga “Yuventus” va APLning ko‘plab klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yanvardagi transferlar vaqtida esa Eshli Yangni “Inter”ga berib yuborgan “Manchester Yunayted” Menyeni o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar yuzaga chiqdi.

    Dris Mertens — “Napoli”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    So‘zsiz eng talabgori ko‘p bo‘lgan — 2020-yil yozida erkin agentga aylanadigan futbolchilardan biri Dris Mertensdir. Belgiyalik futbolchi “Napoli”dan ketishga tayyor. Faqat hozircha qayergaligi noma’lum. Neapolda u haqiqiy afsonaga aylandi. Uning klubdagi eng yaxshi mavsumi esa 2017-yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha mavsum Dris “Napoli” safida 46 ta o‘yinda 34 ta gol urdi. Mertens biroz vaqt muqaddam Neapol klubi safida 115 ta gol urgan Diyego Maradona rekordini yangiladi. Uning xizmatlariga Xitoy Superligasi klubi vakillari, “Atletiko”, “Inter”, “Milan”, “Yuventus” va “Chelsi” klublaridan qiziqish bor.

    Edinson Kavani — PSJ

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Kadr ortida qolib ketishdan charchagan Edinson Kavani PSJdan ketish istagida ekanligini ma’lum qildi. Hamma Kavanining klubdan qishdayoq ketishini kutdi. Biroq PSJ futbolchini olib qolishga erishdi. Fakt shuki, klub unga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q, yozda Kavani erkin agentga aylanadi. Uning xizmatlariga esa “Atletiko”ning jiddiy qiziqayotganligi aytildi. Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun navbatda esa “Napoli” (sobiq jamoasi), “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari turibdi.

    Nemanya Matich — “Manchester Yunayted”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Futbol muxlislari Nemanya Matichning qishki transferlar vaqtida “Old Trafford”ni tark etib, ko‘pchilik qatori (Lukaku, Sanches, Yang) “Inter”ga borib qo‘shilishini kutgandi. Biroq Skot Maktomineyning kutilmagan jarohati Matichni “Yunayted” yarim himoyasiga qaytardi. Hozircha u o‘z ishini yaxshi uddalamoqda. Ammo qishki transferlar vaqtida xarid qilingan Brunu Fernandesh va tobora o‘yini ochilib borayotgan Fred sabab Matichning klubda qolishi hamon so‘roq ostida. Kamiga 2020-yil yozida u ham erkin agentga aylanadi. Klub ham unga yangi shartnoma taklif qilishi amri mahol.

    Mario Gyotse — “Borussiya Dortmund”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    2014-yilgi mundial qahramoni Mario Gyotse “nemis Messi”siga aylana olmadi. Faoliyatida o‘xshagan ishlaridan o‘xshamaganlari ko‘payib ketdi. 2013-yilda Dortmunddan “Bavariya”ga yo‘l oldi. Keyin esa yana “Borussiya”ga qaytdi. Shuncha voqealarga qaramay, Gyotse endigina 27 yoshda. Gap-so‘zlarga ko‘ra, Mario “qayta tug‘ilish”ga hozirlik ko‘rmoqda. U sobiq ustozi Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul”da paydo bo‘lishi mumkin.

    Xose Kalyexon — “Napoli”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Real” tarbiyalanuvchisi “Napoli”da baribir ham asosiy yulduzga aylana olmadi. Ammo uning Neapol klubi safidagi yetti mavsumda 79 ta gol urishi unga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Kalyexondek futbolchining erkin agentga aylanishi ko‘plab klublarni harakat qilishga undashi aniq. 32 yoshli Xose — hujumning ikkala qanotida ham harakat qila oladigan universal futbolchi. Katta ehtimol bilan futbolchi Ispaniyaga qaytadi. Uning xizmatlariga esa “Espanyol”dan qiziqish bor. Shuningdek, Karlo Anchelotti Kalyexonni “Everton”ga taklif qilishi kutilmoqda.

    Yan Vertongen — “Tottenhem”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Tottenhem” jamoadan ketishi kutilgan Tobi Alderveyreldni o‘z safida olib qolishga muyassar bo‘ldi. Endi bu ishni Vertongen bilan ham qila olishiga ishonmoqda. Ammo hozirdan bir narsani aytish mushkul. Yan 32 yoshda, shunga qaramay u hamon APLning eng ishonchli va barqaror himoyachilaridan biri. Turli gap-so‘zlarga qaramay, futbolchining agenti Yanning “shporlar” bilan yangi bosqichga chiqa olishiga ishonmoqda. Uning xizmatlariga “Inter”, “Napoli” va “Ayaks” klublaridan qiziqish mavjud.

    Blez Matyuidi — “Ayaks”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Yuventus” o‘tgan yozda Aaron Remzi va Adriyen Rabio bilan shartnoma imzolab, Blezning klubdan ketishiga ko‘pchilikni deyarli ishontirib qo‘ygandi. Biroq u qishda ham klubdan ketmadi. 2020-yil yozida Matyuidi erkin agentga aylanadi. “Yuventus” esa futbolchilarni tekinga qo‘lga kiritish bo‘yicha haqiqiy mutaxassis hisoblanadi. Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi Matyuidi bilan shartnomani uzaytirib, keyin uni sotib yuborishi mumkin. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa “Yuventus” Matyuidiga o‘rinbosar ham topib qo‘ygan: “Real” vakili — Kazemiro.

    FootballWhispers ma’lumotlari asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    21.02.2020, 17:40   Izoh (0)   19915
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 17:11

    YChLda hafta ramziy terma jamoasi ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 15:59

    Odil Ahmedov qiz farzandli bo‘ldi

    21.02.2020, 15:37

    Yevropa Ligasi. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    21.02.2020, 08:19

    Yevropa Ligasi. “Arsenal” va “Roma”da g‘alaba, “Vulverhempton” “Espanyol”ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)

    21.02.2020, 03:11

    Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” durang o‘ynadi. “Inter”da g‘alaba, “Ayaks” esa mag‘lubiyatga uchradi

    21.02.2020, 01:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.