O‘zbekiston futbol terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘rtinchi marta ota bo‘ldi.
32 yoshli futbolchi 21-fevral kuni qiz farzandlik bo‘lgan. Ma’lumot uchun, bu Ahmedovlar oilasi uchun to‘rtinchi farzand hisoblanadi. Odilning endilikda 2 nafar o‘g‘il, 2 nafar qiz farzandi bor.
Odil ayni damda Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi a’zosi. Koronavirus sababli O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)