O‘zbekiston Prezidentining Qashqadaryodagi qabulxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Prezident Administratsiyasi farmoyishi bilan shu kunga qadar Nishon tumani Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Faxriddin Jumaev Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq, viloyat Xalq qabulxonasining sobiq rahbari Abduhalim Xolmaxmatov Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)