• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi “zapravka”da avtomobillarga gaz o‘rniga suv quyib berilgani aytilmoqda

    Samarqandda avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida gaz o‘rniga suv quyib berilayotgani aytilmoqda. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, holat joriy yil 23-yanvar kuni Samarqand shahridagi So‘g‘diyona mavzesida joylashgan “Musaffo” MChJga qarashli suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Gaz olgan haydovchilarning avtomobillari o‘z-o‘zidan yurmay qolgan. Haydovchilar gaz o‘rniga suv quyib berilganligini servisga borgan payt bilishgan.

    Foto: “Daryo”

    “23-yanvar kuni soat 18:00 atrofida avtomobilimga suyultirilgan gaz quygan edim. Shoxobchadan chiqqanimdan so‘ng mashinam o‘z-o‘zidan yurmay qoldi. Bir amallab ustaxonaga olib borganimdan so‘ng gaz o‘rniga suv quyilganini aytishdi, — deydi Eldor Muhammadiyev. — Avtomobillarga gaz o‘rniga suv quyilayotganligining sababi nimadaligini bilish maqsadida shoxobcha rahbari bilan uchrashdim. Ammo rahbar meni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, unga tuhmat qilayotganimni aytdi. Hatto haydovchilarni muttahamlikda ayblab, ularni ham izza qildi.”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 16-yanvar kuni “Musaffo” MChJga 21 tonna suyultirilgan tabiiy gaz keltirilgan. Aynan shu kundan boshlab “zapravka”da avtomobillarga gaz tarqatila boshlangan.

    Eldor Muhammadiyevning ta’kidlashicha, mazkur gaz quyish shoxobchasida xarid qilingan gaz uchun iste’molchilarga xarid cheki berilmas ekan.

    Eldor Muhammadiyev

    Eldor Muhammadiyev
    Foto: “Daryo”

    “Shoxobcha rahbarining qo‘pol muomalasi, haqoratlashi yetmaganidek hatto sotib olingan gaz uchun xarid chekini ham berishmadi, — deydi Eldor Muhammadiyev. — Tadbirkorligini pesh qilayotgan rahbar istaganini qiladimi? Axir hamma yerda qonun-qoida bor. Tadbirkor degani bilganini qilaman degani emas-ku.”

    “Musaffo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xaridorlarga chek berilmayotganligi yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi mas’ullariga murojaat qilganimizda ular 1-aprelga qadar tadbirkorlar faoliyatiga aralashish mumkinmasligini, to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning faoliyatini tekshira olmasliklarini ma’lum qildi.

    Eldor Muhammadiyevning ta’kidlashicha, boshqa haydovchilar ham zarar ko‘rmasligi uchun “Musaffo” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qaytib borganida shoxobcha rahbari E.Muhammadiyevni tadbirkorning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tovlamachi sifatida ayblagan.

    “Shoxobcha rahbari menga vaziyatni tushuntirishga imkon ham bermadi. Og‘zidan faqat haqoratli so‘zlar chiqib, nafsoniyatimga tegdi. Yoniga to‘plangan to‘rt-besh nafar o‘zining odamlari unga qo‘shilib meni “tovlamachi”, “tuhmatchi”, deya haqorat qilishga tushishdi. Ularning bu yerda janjal chiqarishdan manfaatdor ekanliklarini anglagach, ketishga majbur bo‘ldim”, — deydi E.Muhammadiyev.

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik surishtiruv davomida, “O‘zdavneftgazinspeksiya”si Samarqand hududiy bo‘limiga murojaat qildik. Inspeksiya rahbari Ikrom Maqsudov xizmat safari bilan tumanga ketganligi bois bosh mutaxassis Dilshod Sayfiyev bilan suhbatlashdik. “Musaffo” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida bo‘lgan holatni batafsil eshitgan mutaxassis hech qanday yordam berolmasligini, ayni paytda borib tadbirkorning faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rgana olmasligini bildirdi.

    Avtomashinaga quyilgan suyuqlikning tarkibini o‘rganib xulosa berishlarini so‘raganimizda inspeksiyada gaz mahsulotlarining laboratoriyasi yo‘qligini aytdi.

    “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limi boshlig‘i Ikrom Maxsudov inspeksiya mas’ul xodimi Dilshod Sayfiyev “Musaffo” MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida holatni o‘rganayotganligini ma’lum qildi. Mazkur jarayonga bevosita ishtirok etib, avtomobilga suv quyib berish holatini o‘rganmoqchi bo‘lib, ushbu “zapravka”ga bordik. Ammo inspeksiya xodimi Dilshod Sayfiyev va “Musaffo” MChJ rahbari Komil ismli shaxs (familiyasini aytishni istamadi) elektr energiyasida uzilish bo‘lganligi sabab holatni o‘rganishning iloji yo‘qligini ta’kidlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Shahar va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mazkur hududda elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaganini bildirib, chiroq ataylab o‘chirilganini ma’lum qildi.

    “Bu holatga tegishli mutasaddilar tomoshabin bo‘lib turganiga hayronman. “O‘zdavneftgazinspeksiya”si Samarqand hududiy bo‘limi rahbariyatiga 24-yanvarda murojaat qilganman. Ammo hozirga qadar javob bo‘lmayapti. Viloyat soliq boshqarmasi esa 1-aprelga qadar birorta tadbirkorning faoliyatini tekshirishga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilib, hozirda murojaatim o‘rganilmasligini aytishdi, — deydi Eldor Muhammadiyev. – Bugun yurtimizda tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratilib, ularga turli imtiyozlar berilmoqda. Ammo ushbu imkoniyat va imtiyozdan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, yuzlab iste’molchilarni sarson qilayotgan tadbirkorlar ham oramizda uchrab turibdi-da.”

    15.02.2020, 19:38   Izoh (0)   58913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda uyi buzilishidan norozi aholi va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    15.02.2020, 18:33

    Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    15.02.2020, 17:58

    Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi

    15.02.2020, 16:20

    O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”

    15.02.2020, 14:21

    Surxondaryoda 8 yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

    15.02.2020, 13:20

    Qo‘qondagi choyxonada sodir bo‘lgan otishmadan keyin 30 kishiga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko‘rildi

    15.02.2020, 11:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.