Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tobora qattiqqo‘l bo‘lib bormoqda va unda surunkali charchoq alomatlari sezilmoqda. Bu haqda “Sluga naroda” (“Xalq xizmatchisi”) partiyasi fraksiya rahbari David Araxamiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“U qattiqqo‘l bo‘lib bormoqda. Unda surunkali charchoq paydo bo‘ldi. U o‘z jamoasidan hafsalasi pir bo‘lmaydi, degan umiddaman”, — dedi Araxamiya Zelenskiy saylovlardan keyin qanchalik o‘zgargani haqidagi savolga javoban.
Zelenskiy 2019-yil 20-mayda Ukraina prezidenti lavozimini egallagandi. O‘tgan yil noyabrida u prezidentlik lavozimi o‘ta murakkab ekani va “barcha kuch, vaqt va ayrim hollarda istaklarni ham so‘rib olishi”ni bildirgandi.
Ukraina rahbarining aytishicha, ish kuni oxirida u hech narsa haqida o‘ylash va hech narsa qilishni istamaydigan, oilasi nimani gapirayotganini anglamaydigan “organizm”ga aylanadi.
Izoh (0)