Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.K. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 153 million so‘mlik 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)