FTX kriptoderivativ fyuchers shartnomasidek ishlaydigan Trump-2020 tokenini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Meduza CoinDesk’ga tayanib.
Qayd etilishicha, fyuchers treyderlarga Donald Trampning qayta saylash va prezidentlik poygasida yutqazishida uzoq va qisqa pozitsiyalarni ochish imkonini beradi.
Agar Tramp 2020-yilgi saylovda g‘olib bo‘lsa, token qiymati 1 dollarga, yutqazganida esa 0 dollarga teng bo‘ladi. Nazariy jihatdan, hozirgi narx Trampning qayta saylanish imkoniyatiga mos keladi.
“Agar siz Trampning g‘alaba qozonish imkoniyati 52 foizga teng deb hisoblasangiz, token 52 sent narxda sotilishi kerak”, — deya izoh bergan birjaning o‘zi.
FTX birjasi AQSh, Kuba, Qrim, Eron, Suriya, Shimoliy Koreya va Sudan aholisi uchun amal qilmaydi.
AQShda 2019-yil yakunida birja reket, litsenziyasiz qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va bozorni manipulyatsiya qilganlikda ayblangan, ammo birjaga qarshi da’vo rad etilgan.
Izoh (0)