Qozog‘istonning “Kazpochta” pochta operatori Xitoyga jo‘natiladigan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xitoy pochta ma’muriyati tashabbusi bilan Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida avto, avia va temir yo‘l qatnovi orqali pochta almashinuvi bekor qilindi”, — deb xabar berdi “Kazpochta” mutasaddilari.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, Xitoyga hamda tranzit yo‘li bilan Xitoy orqali jo‘natma yuboriladigan mamlakatlar: Bangladesh, Bruney, Butan, Birma, Kambodja, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Nepal, Laos, Shimoliy Koreya, Tailand, Shri-Lanka, Filippin va Tayvanga pochta jo‘natmalarini yuborish to‘xtatilgan.
Izoh (0)