Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 3,5 milliard tenge ( 9,2 million dollar) ajratdi, deb xabar berdi “RIA Novosti” mamlakat moliya vaziri Alixan Smailovning so‘zlariga asoslanib.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Berdibek Saparbayev koronavirusdan himoyalanish vositalarini xarid qilish uchun 1,5 milliard tenge (3,9 million dollar) ajratilganini aytgan edi.

Qayd etilishicha, ajratilgan mablag‘lar Xitoydan Qozog‘iston fuqarolarini evakuatsiya qilish, tibbiy uskunalar, teplovizorlar va boshqa dori-darmonlar sotib olishga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24,3 mingga yetdi. Kasallik oqibatida vafot etganlar esa 490 kishini tashkil etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshish kurashish uchun yaqin uch oyda 61,5 million dollar kerak bo‘ladi. Xitoylik virusologlar atipik pnevmoniyaga qarshi vaksina 2019-nCoV koronavirusini to‘xtatishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston 4-fevral kuni Xitoydan 250 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Ularda koronavirus aniqlanmadi. Bugun, 5-fevral kuni, murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan yana 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi