OFK rasmiy sayti Tailand mezbonligida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati musobaqasining eng chiroyli golini aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi.
Undan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Oybek Bozorovning musobaqa chorak finalida BAA darvozasiga urgan goli ham o‘rin olgan.
Shuningdek, o‘zbekistonliklarni Tokio Olimpiadasidan mahrum qilgan Avstraliya jamoasi futbolchisi Nikolas D’Agostinoning goli ham ro‘yxatga kiritilgan.
U-23 OCh—2020 musobaqasining eng chiroyli goliga da’vogarlar bilan bilan tanishing:
Muhammad Qosim (Iroq) — Avstraliyaga urgan goli (guruh bosqichi, 1-tur)
Supachok Sarachat (Tailand) — Bahraynga urgan goli (guruh bosqichi, 1-tur)
Cho Gve Sun (Janubiy Koreya) — Eronga urgan goli (guruh bosqichi, 2-tur)
Faros Albrikan (Saudiya Arabistoni) — Suriya urgan goli (guruh bosqichi, 3-tur)
Zoyid Abdulla Alameri (BAA) — KXDRga urgan goli (guruh bosqichi, 2-tur)
Oybek Bozorov (O‘zbekiston) — BAAga urgan goli (chorak final)
Li Don Kyon (Janubiy Koreya) — Iordaniyaga urgan goli (chorak final)
Nikolas D’Agostino (Avstraliya) — O‘zbekistonga urgan goli (uchinchi o‘rin uchun bahs)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)