“Barselona” Ispaniya Kubogining 1/8 finalida “Leganes”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:0).
Bu katalon klubi sardori Lionel Messi uchun barcha musobaqalarni hisoblaganda 500-g‘alaba bo‘ldi. Argentinalik futbolchi “Barselona” safida umumiy 710 ta o‘yin o‘tkazib, 622 golga muallif bo‘lgan.
Messi ispan futbolida klub miqyosida 500 ta g‘alabaga erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Undan keyingi o‘rinlarda Xavi (482 g‘alaba), Iker Kasilyas (463), Andres Inyesta (459), Andoni Subisarreta (444) va Serxio Ramos (439) bormoqda.
Shuningdek, uchrashuvda dubl qayd etgan Messi Ispaniya musobaqalaridagi (chempionat, Kubok va Superkubok) 499 ва 500-golini urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)