“Chelsi” futbol klubi PSJ hujumchisi Edinson Kavani xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar klubi 32 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olish borasida parijliklarga taklif bilan chiqqan.
“Chelsi” ijara uchun pul to‘lashga va urugvaylik futbolchining yarim yillik maoshini to‘lab berishga tayyor. Kavani PSJda haftasiga 360 ming funt maosh oladi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
The Times xabariga ko‘ra, PSJ Edinsonni 23 million funt evaziga sotish istagida. Unga Madridning “Atletiko”sidan ham taklif bo‘lgandi, biroq parijliklar uni rad etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)