“Bavariya” hujumchisi Rayan Yohansson “Sevilya”ga o‘tdi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
18 yoshli lyuksemburglik futbolchi “Sevilya” bilan olti yillik shartnoma imzolagan. Transferning moliyaviy tafsilotlari ma’lum emas.
Ta’kidlanishicha, Yohansson sevilyaliklarning yoshlar va bosh jamoasida harakat qiladi. Myunxenda futbolchi “Bavariya” U-19 safida to‘p surgandi.
Ma’lumot uchun, Yohansson Lyuksemburg, Irlandiya va Shvetsiya fuqaroligiga ega hamda mazkur mamlakatlar yoshlar terma jamoalarida to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)