Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanining Andijon shahri bilan chegaradosh Ittifoq massivida o‘nlab yangi ko‘p qavatli uylar — butun boshli yangi shaharcha quriladi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
34 ta 5—7 qavatli uylar quramiz. Keyin yana davom etib boraveradi, to‘xtamaydi. Bu yerda yangi shaharcha bunyod etiladi — maktab, bog‘cha, poliklinikasi bo‘ladi. Uylarni aprel—mayga bitkazish, kechi bilan Mustaqillik bayrami arafasida topshirish niyatidamiz.Haqiqatan ham uy-joyga o‘ta muhtoj, qiynalayotgan, boshlang‘ich to‘lovga puli yo‘q, ehtiyojmand, nogiron, umuman aytganda sharoiti o‘ta og‘irlar oilalarning boshlang‘ich to‘loviga yordam qilamiz.
Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyat hokimi
Izoh (0)