Toshkent—Moskva yo‘lovchi poyezdi Astraxan viloyatidagi Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yaqinida temiryo‘l liniyasiga tuya chiqib olgani uchun 44 daqiqaga kechikdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Tuya poyezd ketayotgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan. Mashinist bir necha marta ovozli signallar bergan bo‘lsa-da, tuya yo‘ldan chekinmadi. Shu sababli mashinist poyezd tezligini pasaytirishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Tarmoqda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, tuya mashinistning signallariga e’tibor ham bermasdan o‘z yo‘lida davom etmoqda.
Izoh (0)