Abxaziya prezidenti Raul Xajimba iste’foga chiqdi. Bu haqda respublika vitse-prezidenti Aslan Barsisga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Qon to‘kilmasligini ta’minlash, hech bo‘lmaganda respublikada barqarorlik bo‘lishi uchun u tegishli hujjatni imzolashga qaror qildi”, — deya ta’kidlaydi vitse-prezident.
Aslan Barsisning so‘zlariga ko‘ra, “vaziyatni barqarorlashtirish” uchun respublikaga Rossiya prezidentining yordamchisi Vladislav Surkov yetib kelgan.
9-yanvar kuni Abxaziya poytaxti Suxumeda muxolifat tarafdorlari ishtirokida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgandi. Ular shturm bilan prezident administratsiyasi binosini egallashga urinib ko‘rgandi.
Abxaziyadagi prezidentlik saylovi 2019-yilning yozida bo‘lib o‘tgan. Raul Xajimba uchun 47,39 foiz saylovchi ovoz bergan. Uning raqibi Alxas Kvitsiniya uchun 46,17 foiz ovo berilgan. Muxolifat saylov natijalari yuzasidan sudga shikoyat qilgan, biroq o‘tgan yilning dekabr oyida Oliy sud da’voni arizasini rad etgan.
10-yanvar kuni Oliy sud prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilgandi. Keyinroq Markaziy saylov komissiyasi 22-mart kuni qayta saylov bo‘lib o‘tishini belgilangan.
Raul Xajimba 2014-yildan buyon prezident sifatida Abxaziyani boshqarib kelayotgandi.
Izoh (0)