Niger g‘arbidagi Shinegodar qishlog‘ida harbiy postga hujum oqibatida 89 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qurbonlar 11-yanvar, shanba kuni mamlakat poytaxti Niameyda dafn etildi. Ularning soni yanada ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligiga ko‘ra, noma’lum shaxslar harbiy bazaga mototsikl va mashinalarda kelgan hamda o‘t ochgan. Harbiylar Niger harbiy-havo kuchlari va hamkorlar ko‘magida javob zarbasi bergan hamda jangarilarni quvib chiqargan. Shundan so‘ng hududni tozalash ishlari boshlangan.
Hozircha hech bir terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)