Sankt-Peterburgning Primorye tumanida 5-yanvar kuni O‘zbekiston fuqarosi R.X.ning tanasi topilgan — qurilayotgan obyektning 16-qavatidan tushib ketgan, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi vatandoshning jasadini O‘zbekistonga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, — deyiladi TIV matbuot xizmati axborotida.
Izoh (0)