Tokio prokuraturasiga moliyaviy firibgarliklarda ayblanayotgan Nissan sobiq rahbari Karlos Gonning rafiqasi Kerol Naxasni hibsga olish uchun order berildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kerol Naxas 2019-yil aprel oyida erining ishi bo‘yicha so‘roqda yolg‘on ko‘rsatmalar berganlikda gumon qilinmoqda.
NHK telekanaliga ko‘ra, hozirda Naxas turmush o‘rtog‘i bilan birga Livanda bo‘lib turibdi.
Goning Yaponiyaga qaytarilishi ehtimoldan yiroq: ikki davlat o‘rtasida ekstraditsiya haqidagi kelishuv mavjud emas.
Izoh (0)