To‘ldirish: Eronning Fars agentligi shifokorlar bergan ma’lumotga asoslanib xabar berishicha, tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 kishiga, jabrlanuvchilar soni 213 kishiga yetgan.
Associated Press’ning aniqlik kiritishicha, Tehronda 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan motam yurishida milliondan ortiq odam ishtirok etgan. 4-yanvar kuni Bag‘dodning shialar yashaydigan hududida ham general bilan vidolashuv bo‘lib o‘tgan edi.
General Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni, AQSh aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Pentagon bayonotiga ko‘ra, eronlik general AQSh prezidentining buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan — Tramp Sulaymoniyni birinchi raqamli terrorchi deb atagan edi.
Izoh (0)