Eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishidan oldin AQSh diplomatlari va harbiylariga qarshi bir necha hujumni tayyorlagan. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayen ma’lum qildi, deya xabar beradi Fox News.
“Prezdent Tramp doimo AQSh fuqarolarini himoya qilish uning asosiy vazifasi hisoblanishini ochiq aytib kelgan. Qo‘limizda bo‘lgan razvedka materiallari, biz o‘ta salmoqli deb hisoblaydigan ma’lumotlar Sulaymoniy va u til biriktirgan shaxslar yaqin kunlar mobaynida ko‘plab amerikalik diplomatlar va askarlarni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganidan dalolat berayotgandi”, — dedi yordamchisi Robert O’Brayen.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchining aytishicha, Tramp bu rejalardan ogoh bo‘lgan va aynan shu bois Sulaymoniyning operatsiyani o‘tkazish haqida buyruq bergan.
Izoh (0)