• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 120 millard so‘mga yangi bozor qurildi. Ammo hamon ko‘cha savdosi avjida

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida respublikada yagona bo‘lgan milliy uslub va juda katta hajmdagi bozor qurib foydalanishga topshirildi. Shunga qaramasdan bozor atrofida ko‘cha savdosi avjiga chiqqan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning dekabr oyida “G‘ijduvon dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati 120 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta tiklanib, foydalanishga topshirilgan. 9,2 gektar yer maydonida joylashgan mazkur zamonaviy bozor 1880 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga mo‘ljallangan 3 blokli 2 qavatli savdo majmuasidan iborat bo‘lib 6x4 metr/kvadrat hajmli qator do‘konlar barpo etilgan. Majmuaning yerosti qismi ham jahon standartlariga javob beradigan darajaga olib kelinmoqda. Biroq, tadbirkorlarning ayrimlari to‘lov talab qilinmasligi uchun yer savdosini afzal bilishgan. Ayrimlari esa mutasaddilarga murojaat qilishiga qaramay, ularga imkoniyat yaratib berilmayotganidan arz qilishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bizga keraksiz buyumdek muomala qilishadi. Uyoqdan buyoqqa quvishadi. O‘zi kunimizni zo‘rg‘a ko‘rayotgan bo‘lsak. Majburlikdan savdoga chiqqanmiz, aslida. Bugun ikki ming so‘m pul topib, uyga bitta non olib kirishni o‘ylaymiz. Yangi majmuada savdo qilish uchun esa ijara pulini to‘lashga qurbimiz etmaydi, - deydi bozordagi savdogarlar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    4-5 yildan buyon ko‘chada savdo qilib kelayotgan Gulnora Ahmedova tumanda ish yo‘qligi, oilaviy sharoiti og‘irligi sabab savdo bilan shug‘ullanib kelayotganini bildirgan bo‘lsa, bozorda joy bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay, urush-janjal ko‘tarib yangi ochilgan dehqon bozori oldida qog‘oz qutilar-u turli yaroqsiz matolar ustida savdo qilish bilan shug‘ullanishdan to‘xtamayotganlar ham yo‘q emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yangi majmuadan savdo uchun o‘rin-joy olganman. Ammo u yerda savdo bo‘lmaydi, - deydi non sotuvchilardan biri. - Men shu yerda savdo qilaman. Kerak bo‘lsa, olishsin o‘sha yangi joyini.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, G‘ijduvon dehqon bozorining old tomonida, qariyb yarim gektar joyni egallagan va foydalanishga topshirilgan avtoturargoh xizmatidan sanoqli avtomashinalargina foydalanmoqda.

    — Yangi avtoturargohga mashinalarimizni kiritolmaymiz. Har kuni avtoturargoh atrofini ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanuvchilar bosib ketadi, bu esa mashinalarning kirib-chiqishiga xalaqit beradi, - deydi yo‘l bo‘yidan “stoyanka” sifatida foydalanayotgan haydovchilar. - Bozor qarshisida avtomobillar harakati o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan yo‘l yoqalab piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchadan yurolmaysiz. Piyodalar yo‘lakchasi “stoyanka”, nos, sigaret, saqich va boshqa mayda-chuyda sotuvchi marketga aylangan. Taksichilar esa piyodalarni pisand qilmay, kimo‘zarga mijoz ovlashadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, ko‘rkam qiyofa kasb etib turgan bozordan yo‘l yoqasigacha bo‘lgan hududni kim nazorat qiladi?

    Yangi bozor orqa tomonida joylashgan va qariyb 2 gektardan ziyod joyni egallab turgan kichik bozorcha esa eski, xarob va e’tibortalab ahvolda. Bir nechta savdo rastalarini o‘z ichiga olgan ochiq ayvon ostida dehqonchilik mahsulotlaridan tashqari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar ham qalashtirib tashlangan. Atrof axlatlar uyumi bilan to‘lib-toshgan. Qo‘lansa hid anqib turgan hojatxonadan bir necha qadam narida antisanitar ahvoldagi oshxona va shashlikxona joylashganiga nima deysiz?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktabda o‘qigan kezlarimiz biologiya fanidan hujayralar, mikroblar, bijg‘ituvchi xususiyatga ega infeksiyalar haqida ko‘p eshitardik. Bozor savdo rastalaridagi sariqyog‘, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari va shirinliklar ochiq-sochiq holda turishi turli kasalliklar keltirib chiqarmasligiga kafolat bormikin?!

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Savdo yo‘lakchalari loy, mahsulotlar oyoq ostida. Anchadan buyon farroshlar xizmati ta’minlanmagani sezilib turibdi. Tuman "sanepidemstansiya" bozorbop mahsulotlar sifatini o‘rganganmikin?

    Bozor tartibsiz bo‘lgani yetmaganidek, dehqon bozori va uning orqasidagi shu kichik bozorchani elektr energiya bilan ta’minlaydigan transformatorlar atrofi ham xavfsizlantirilmagan. Yaroqsiz metall buyumlari va temir do‘konlar pala-partish tashlab yuborilgan. Transformatorning yonida odamlarning savdo qilishi uchun qo‘lbola sharoit qilib berilgan.

    — Bu bozorcha tez kunda buziladi. O‘rnidan avtoturargoh barpo etiladi,- dedi bozor rahbari Rasul Nasimov “Daryo” muxbiriga.

    Bozor ma’muriyati joylashgan binoning ro‘parasida qurilgan yap-yangi avtoturargohda qovun savdosi bilan shug‘ullanib turgan savdogarlarni ko‘rmayotgan bozor rahbari yana qanday avtoturargohni mo‘ljallayotgan ekan?!

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yangi bozor tiklanish paytida qariyb 180 ga yaqin tadbirkorning savdo qilishimiz uchun joy masalasi muammo bo‘lib qoldi - deydi tadbirkor Hikmatulla Temirov. - Kichik bozorcha atrofidagi yo‘laklarda savdo qilishimizga to‘g‘ri kelgan. Biroq mutasaddilar ayvon atrofida yengil tipdagi qurilmalar, ya’ni akfali yopiq do‘konlar qurishimizga og‘zaki ruxsat berishdi. “Buzilmaydi, quring, keyin hujjatlashtirib beramiz”, - deyishganiga ishonib, 30-40 million so‘mga do‘konlar qurdik. Endi esa “...bir kun muddatda yengil tipdagi qurilmangizni bartaraf qilib, yer maydonini bo‘shatib berishingizni va yangi savdo kompleksiga ko‘chib o‘tishingiz lozimligini bildiramiz. Aks holda, nazorat qiluvchi organlar bilan kelishilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinishi va qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz”, - degan ogohlantirish xati berishdi.

    Tadbirkorlarning aytishicha, G‘ijduvon dehqon bozori, shuningdek, atrofidagi yirik savdo majmualarining hammasida ham hali ishlar tugaman. Do‘konlar narxi 120 million so‘mdan boshlanadi. Ijara to‘lovlari ham juda qimmat.

    — G‘ijduvon dehqon bozorida katta-katta pavilyonlar qilingan. Dehqonchilik yoki oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, nooziq-ovqat mahsulotlarga mo‘ljallangan do‘konlar sotib olingan. Bir oyda 5-6 million so‘mga tenglashadigan ijara pulini esa biz to‘lay olmaymiz. Hech kim bu qimmat ijara pulli do‘konlarga kirishni istamagach, bizni majburlab, ijarasini to‘lab turasan, deya kutilmaganda kran bilan kelib turib, buzaman, deyishyapti, - dedi tadbirkor Ilhom Jumayev. - Xo‘sh, bizga qani joy? Joy bo‘lmasa, qaerda savdo qilamiz?!

    G‘ijduvon tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Baraka Tolibovning “Daryo” muxbiriga bildirishicha, kichik bozorchadagi ochiq ayvon ostidagi rastalar atrofidan vaqtincha foydalanish uchun o‘z mahsulotlari xavfsizligining ta’minlanishi maqsadida sotuvchilarga yengil tipdagi qurilmalardan do‘kon tiklashlari mumkinligi inobatga olingan. Tez kunda buzilishi ko‘zlangan bozorcha atrofidagi yengil tipdagi do‘konlar 6 oycha ilgari eski avtoturargoh o‘rnida tiklangan. Bildirilishicha, yengil tipdagi qurilmalardan tiklangan do‘konlarni qurishda yig‘ma akfa mahsulotlaridan foydalanilgan. Ulardan uy-ro‘zg‘or xo‘jaligida foydalanish yoki sotish mumkin. Do‘konlarni tiklashda sarflangan xarajatlar hujjatlar asosida o‘rganilib, tadbirkorlarga imkoniyatdan kelib chiqqan holda ko‘maklashiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘rib turibsiz, bu bozorcha ham ta’mirtalab va yangilanishga muhtoj. Ammo ochiq ayvonosti rastalari saqlab qolinadi. Tadbirkorlarga esa o‘tgan yilning iyul oyida vaqtincha foydalanish maqsadida har biriga 6-2 metr-kvadrat hajmdagi yer maydonida yengil tipdagi do‘konlar qurishga ruxsat berilgan. O‘z mahsulotlari xavfsizligi uchun bu vaqtincha ekanligi juda ko‘p bor tushuntirilgan. Ammo bu bozorcha ta’mirlanmaydi yoki eski tos, eski hammomligicha qoladi, degani emas. Amalga oshilayotgan ishlar shu tadbirkorlarning o‘zi uchun. Har bir tadbirkor e’tiborimizda, - deydi Baraka Tolibov.

    Ma’lumotga ko‘ra, tumandagi yirik bozorlardan biri — Xo‘jayi jahon nomidagi buyum bozori 2015-yil tuman markazining boshqa manziliga ko‘chirilgan. Ushbu buyum bozori 1000 ta o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni paytda 150 ga yaqin bo‘sh savdo rastalari bor. Aniqlanishicha, uzoq yillardan buyon ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab tadbirkorlar mavjud bozorlarning eng arzon rastalaridan ham joy olishni istagan. Ular orasida o‘ziga tegishli joyni boshqaga ijaraga berib, o‘zi esa soliq va patent to‘lashdan qochib, ko‘cha savdosidan beri kelmayotganlar ham uchradi.

    — Men yosh tadbirkorman. Eski bo‘lsa ham arzonroq joydan foydalanib kelayapman. Ammo yangi rastalar uchun patent to‘lashga pulni qaerdan olaman? Hamma asabi buzilgandan gapiradi. Bir necha yil muddatga kredit evaziga berishsin, kam-kam to‘lab boramiz, - dedi o‘zini Ibrohim deb tanishtirgan yosh tadbirkorlar.Ma’lum bo‘lishicha, yangi bozorda savdogarlar uchun shart-sharoit yaxshi.

    — 174-rastadan joy oldim. Ko‘chmayman, chunki arzimaydi. Mahsulotlarimizning o‘ndan biri ham sig‘maydi o‘sha yerga, - dedi ho‘l meva sotuvchi ayollardan biri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, bozor foydalanishga topshirilgach, ma’muriyat savdogarlarga belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilsa, unga rastadan joy ajratilishini aytgan. Aslida, avvalroq rastalardan foydalanish bepulligi ma’lum qilingan.

    Savdogarlar pul to‘lagani haqidagi “kvitantsiyalar”ni ko‘rsatar ekan, bozor rahbari Rasul Nasimov buni “chek”, “patent” va nihoyat o‘tgan yildan qarzdorliklar, deb izohladi. Sotuvchilarining aytishicha esa ular tomonidan har kuni kunlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Ko‘pchilikdan bir xil — 1 million 216 ming so‘mdan mablag‘ undirilgan “kvitantsiyalar”da iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr, dekabr oyi uchun to‘lov, - deb ko‘rsatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Men hech qachon bozorda savdo qilmagan bo‘lsam. Hatto o‘tgan yilning noyabr oyida to‘lov varaqasida oylik to‘lov yozib qo‘yamiz, deyishganiga ham rozi bo‘ldim. 900 ming so‘m to‘ladim. Ammo uch oydan buyon sarsonman. Pulimni qaytarib berishsin, - dedi Nasiba Fayzullayeva. Bozor rahbari esa “To‘lovlar noto‘g‘ri undirilgan bo‘lsa, qaytarilishi”ni aytib qo‘ya qoldi.

    — Bozorda joy tarqatilayotganda ham adolatsizlikka yo‘l qo‘yildi. Bozor ichida beobro‘lik qilsangiz, noningizni topasiz. Yo‘qsa, bozorchilik qilolmaysiz. Hamma joy bepul tarqatilgan. Andisha qilish kerakmas, o‘z huquqini bilgan tadbirkor noo‘rin pul to‘lovi haqida organga murojaat qilishi kerak, - deydi tadbirkorlardan biri Zulfizar Tohirova. - Hozir men o‘zim egallab olgan rastaga “Menga tegishli” deb 21 kishi keldi. Ammo men shu joyni bermayman.

    Foto:“Daryo”

    Foto:“Daryo”

    — Har bir tadbirkor davlat himoyasida. Ammo, bu tadbirkorning xohlagan joyida o‘tirib, savdo qilishi kerak, degan gap emas. Har biriga savdo qilishi kerak bo‘lgan joyni belgilab, imkoniyatni yaratib beramiz. Mazkur dehqon bozori orqasida joylashgan turli muammolarga turtki bo‘layotgan kichik bozorcha ham to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. Atrofi ochiq, usti yopiq ayvonli bu bozorcha yuzlab tadbirkorlar koriga yaraydigan zamonaviy qiyofaga keltiriladi, - dedi tuman hokimi o‘rinbosari Axtam Ahmedov.

    07.01.2020, 08:50   Izoh (0)   28623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijondagi maktabda o‘quvchilar o‘z ixtiyori bilan mebel tashigani ma’lum qilindi

    07.01.2020, 08:27

    Termizda hamshira bemor bolaning yaqini tomonidan kaltaklandi (video)

    07.01.2020, 07:28

    Dehqonobodda o‘quvchilar daryo kechib maktabga bormoqda

    07.01.2020, 06:44

    Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi

    07.01.2020, 06:23

    Chegaradagi otishma: Qirg‘izistonlik cho‘ponlar O‘zbekiston chegarachilari bilan janjallashdi

    07.01.2020, 06:04

    Samarqandda bir kishini yoqib, jarlikdan itarib, ko‘mib yuborgan jinoyatchining 17 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldi

    06.01.2020, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.